O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Kibr kirgan boshga ilm kirmaydi

 
 

Boshiga havo to‘lib qolgan

Bir avliyo zot ko‘chada ketayotsalar, bolalar to‘p o‘ynashayotgan ekan. Shunda u zot so‘rabdilar:

— Bolalarim, bu to‘p sizlarga nima gunoh qildi? Nega uni hadeb tepasizlar?

Bolalar ichidan bir sho‘xrog‘i devonasifat avliyoni masxaralagannamo debdi:

— Hazrat, to‘pning oldida turibsiz, o‘zidan so‘ray qoling.

Avliyo to‘pga qarab, indamay qolibdi. Shunda haligi bola:

— So‘radingizmi, to‘p nima dedi? – desa, avliyo shunday javob bergan ekanlar:

— To‘p dediki: boshimga ozgina havo to‘lib qolgan ekan, shunga tepki yeyapman.

Ibrat: Kimniki boshiga kibru havo to‘lib qolsa, u odamni Alloh xor qiladi.

Kibr kirgan boshga ilm kirmaydi

Ibn Sinoning ustozi Kushyorning huzuriga bir kishi yulduz ilmini o‘qish maqsadida kelibdi. 2-3 oy o‘tsa hamki, ustozi dars bermaganidan so‘ng aytibdi:

— Hazrat, endi menga javob bersangiz. Uch oy bo‘ldi hamki dars bermadingiz. Vaqtingiz yo‘q shekilli…

— Men senga bajonidil dars berardimu, lekin sen huzurimga kelgandagi bu ilmda mening uncha-muncha xabarim bor degan kibr-havoing hali ham ketmadi. Men bir idishga qachonki u bo‘sh bo‘lsagina suv quyaman. Afsus, sening kallang havo bilan to‘lib qolgan ekan.

Xulosa: Kibr kirgan boshga ilm kirmaydi.

Amirov To‘lqin tayyorladi.


Kiritilgan vaqti: 25/01/2022 08:20;   Ko‘rilganligi: 512
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/kibr-kirgan-boshga-ilm-kirmaydi
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 08:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing