KELIN BO‘LIB KO‘RMAGAN QAYNONALAR
Alloh taolo insonni tabiatan jamoatchilikda yashashga moyil qilib yaratgan. Inson zoti bu dunyoda yashar ekan, uning o‘ziga o‘xshash insonlar bilan aloqa qilishga hojati tushadi va u siz yashab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham turli insoniy aloqalar mavjud va ularsiz dunyo hayoti obod bo‘lmaydi.
Ammo barcha insoniy aloqalar ichida eng muqaddas nikoh aloqasi orqali shakllanadigan va bugingi kunda ko‘plab muammolarga sabab bo‘layotgan holat bu - qaynona va kelin o‘rtasidagi munosabat.
Avvalo, bu munosabat Alloh taolo tomonidan berilgan bir ne'matdir. U orqali bir-biriga begona kishilar qarindosh bo‘ladilar. Alloh taoloning nomi, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari va mo‘min-musulmonlarning guvohligida o‘rnatilgan ana shunday muqaddas aloqaning o‘ziga yarasha hurmat-ehtiromi ham bo‘lishi kerak, axir.
Keling, qarindoshlik rishtasining bog‘lanishiga sabab bo‘lgan ilk holatni ko‘z oldimizga keltirsak. Bir ona o‘z farzandiga jufti halol olib birish maqsadi-da begona xonadonga begona odamlar huzuriga bosh egib boradi va: “ug‘limiz sizning qizingizni yoqtirib qolipti hattoki shu qizdan boshqasiga uylanmayman deb qattiq turib olgan, xo‘p desangiz, sizning qizingizni kelinlikka emas qiz qilib olib ketishlik uchun so‘rab keldik”, deb aytishadi.
Abdullohdan rivoyat qilinadi: "Jiddiy bo‘lsin, hazil bo‘lsin, yolg‘on durust bo‘lmaydi. Hattoki bolasiga va'da berib, keyin uni bajarmasa ham (yolg‘onchi bo‘ladi)", dedilar". Al-adab al-mufrad asarida Buxoriy rivoyati.
Va'dalar berilib xonadonlariga qiz o‘laroq kelin qilib olib kelingandan so‘ng, ota-ona farzandidan kamchilik axtarish yo‘liga tushadilar, xatto kelinni o‘zi qolib uning qavmi qarindoshlaridan kamchiligini gapirishlar boshlanadi. Falon xolangiz yoki ammangiz unaqa-bunaqa ekan siz xuddi falon xolangizga o‘xsharkansiz bilmagan ekanman, agar o‘g‘lim turib olmaganida edi ikki dunyoda ham sizni kelin qilmagan bo‘lardim degan sovuq gaplar boshlanadi. Qo‘pollik va dag‘al so‘zlar bilan kelinga qarata, onangiz sizga hech bir ishni o‘rgatmagan ekanda, deb kelinga qarab hujumni boshlaydi. O‘ylamaydiki o‘zlari ham bir vaqtlar kelin bo‘lgan, bir pastda mukammal qaynonaga aylanib qolmaganku.
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: "Agar sohibingning ayblarini gapirmoqchi bo‘lsang, avval o‘z ayblaringni esla". Deganlar (Al-adab al-mufrad asarida Buxoriy rivoyat).
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, Alloh taolo muloyimdir. Va har bir ishda muloyimlikni yaxshi ko‘radi”, dedilar. (Muttafaqun alayh)
Xulosa:
- Muloyimlik Alloh taoloning rahmatidir.
- Muloyimlikni Alloh yaxshi ko‘radi.
- Qo‘pollik do‘st-u, yorlarni kamayishiga sabab bo‘ladi.
- Do‘stlarni xatosini kechirmoq kerak.
- Do‘stlarning haqqiga duolar qilish lozim.
- Ishlarda maslahat qilmoq zarur.
- Avval azmu qaror qilib, so‘ngra Allohga tavakkul qilinadi.
- Alloh tavakkul qiluvchi bandalarini yaxshi ko‘radi.
- Alloh taolo muloyim Zotdir.
Alloh taolo barchamizni ushbu o‘gitga amal qiluvchilardan qilsin. Hamda halimlik libosi bilan siylasin!
Manbalar asosida Urgut tuman bosh otinoyisi Nurmatova Zilolaxon tayorladi
Kiritilgan vaqti: 29/07/2020 16:41; Ko‘rilganligi: 1084
Chop etilgan vaqti: 06/10/2024 17:52