O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

KARANTIN QOIDALARIGA RIOYA QILING!

 
 

Muhtaram yurtdoshlar, aziz vatandoshlar butun dunyoga, insonlarning sog‘lig‘iga xavf solib turgan Koronavirus infeksiyasi, pandemiya holati hali yurtimizni tark etgani yo‘q.

Albatta bu sinovli kunlarni tezroq nihoya topishi va  havfni yengib o‘tishning yagona yo‘li karantin qoidalariga qat'iy rioya qilish bilan bo‘ladi.

Alloh taolo Quroni karimda: «Allohga, Rasuliga va o‘zlaringizdan bo‘lgan boshliqlarga itoat qiling», deb marhamat qiladi.

Albatta hozirgi vaqtda ushbu oyati karimaga muvofiq har-bir fuqaro karantin qoidalariga rioya qilishlari shartdir. Chunki, Islom dinida avvalo inson salomatligi har narsadan ustun turadi.

Nabiy sallollohu alayhi vasallam: "Ikki nemat bor, ko‘pchilik buning qadriga yetmaydi. Bular – xotirjamlik va salomatlikdir", - dedilar.

Aziz yurtdoshlar, bu sinovli kunlarning ortida albatta xursandchilik kunlari ham keladi. Demak, har birimiz bunday sinovlardan salomat chiqishimiz uchun o‘z sog‘lig‘imiz haqida qayg‘urib, shifokorlarning ko‘rsatmasiga rioya qilib, o‘zimizni va oilamizni salomatligini saqlab qolaylik, ana shunda kasallikning oldini olgan bo‘lamiz.

Alloh taolo yurtimizni tezda bu balodan forig‘ qilib, o‘zining rahmatidan barchamizni bahramand qilsin! OMIN.

 T.Ravshanov - Bulung‘ur tumani bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 01/06/2020 09:25;   Ko‘rilganligi: 1901
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/karantin-qoidalariga-rioya-qiling
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 14:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing