O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

KALOM ILMINI O‘RGANISH HUKMI HAQIDA

 
 

«Ammo, bu ilmning hukmiga kelsak, farzi kifoyadir. Bunga Imomi A'zam roziyallohu anhu ishora qilganlar. Quyida u zotning gaplarini keltiramiz. Shuningdek, Imomul Haromayn, Haliymiy, Bayhaqiy, G‘azzoliy, Rofe'iy, Yofi'iy, Navaviy, Ibn Asokir, Tiybiy, Mahalliy va Haytamiy kabi ulamolar ham (bu ilmning farzi kifoya ekanini) ochiq-oydin bayon qilishgan. «Multaqot» va «Tatarxoniya» asarlarida ham shunday zikr qilingan.

Ammo, bu ilmning mazammat qilingani to‘g‘risida aytilgan gaplar bid'at va havoyi nafsga ergashgan kishilarning gaplariga ehtimol qilinadi. Bu ilmni inkor qiladigan kishilarning «Ba'zi salafi solihlar kalom ilmiga sho‘ng‘ib ketmaganlar» degan so‘zlariga javob quyidagichadir: Imomi A'zam roziyallohu anhu aytadilar: «Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalari bu ilmga kirishmaganlar. Chunki, u zotlarning misollari xuddi oralarida ularga qarshi urishadigan kishi bo‘lmaganligi sababidan qurol ishlatishga ehtiyoji bo‘lmagan jamoa kabidir. Biz esa, bizlarga ta'na qiladigan va qonimizni halol sanaydigan kishilar bilan balolandik. Oramizdan kim adashgan, kim to‘g‘ri yo‘lda ekanini bilishni va o‘zimiz va haramimizni himoya qilishni imkoni qolmadi. Bizlarga qarshi kurashadiganlar bilan balolandik. Shu sababdan bizlarga «qurol» ishlatish (ya'ni, fikrga qarshi fikr bilan kurashish) lozimdir» iqtibos tugadi».

 «Badrul anvor sharhu fiqhul akbar» asaridan, Shayx Ibrohim Nizol Oli Roshiy hafizahulloh

Xayrulla domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 18/12/2021 09:15;   Ko‘rilganligi: 463
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/kalom-ilmini-organish-hukmi-haqida
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 20:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing