O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

“Jihodchilar” harakati haqida

 
 

Jihodchilar jamoalari terror va quporuvchilik harakatlari bilan ijtimoiy – siyosiy vaziyatni izdan chiqarish, amaldagi dunyoviy konstitutsion tuzumni ag‘darib tashlab, islom amirligi shaklidagi davlat qurishni maqsad qilgan diniy-siyosiy guruhdir.

“Jihodchilik” jamoalarining diniy-g‘oyaviy asoslari Muhammad ibn Abdulvahhobning “Al-usul as-salasa va adillatuha”, “Kitab at-tavhid”, “Masoil al-johiliya”, Ibn Taymiyaning “Kitab az-ziyar”, Sayyid Qutbning “Maolim fit-toriq”, “Mujohidlar sifatlar”, Abu Ala al-Mavdudning “Jihod”, Abdul Muhim Mustafoning “Hijrat va uning hukmlari” kabi kitoblarda bayon qilingan. Jihodchilarning sof islom ta'limotiga zid, siyosiy maqsadlarga buysundirilgan mafkurasi asosan quyidagi tamoillarga asoslangan.

Mutaassiblar islom dushmanlari qatoriga quyidagilarni kiritadi: yahudiylar , nasroniylar, aqidaparastlar nazdida dindan chiqaruvchi amal qilgan musulmanlar (bunday amalga zamonaviy kiyim kiyish, musiqa eshitish, mildiy kalindardan foydalanish kabi ishlar ham kiritiladi.) dindan chiqqanligini yashirayotgan musulmonlar: jihodiy g‘oyalardan boshqa mafkuraga e'tiqod qilivchilar, dunyoviy qonunlar joriy qilgan hukumat va mazkur qanunlarga buysinuvchi odamlar.

Shu tariqa “jihodchilar”ning nazariyotchilari istalgan hukumatni, jamiyatni yoki alohida fuqoroni islom dushmanlari toifasiga kiritib, ularga nisbatan kuch ishlatish mumkin ekaniga “fatvo” bermoqda.

“Jihodchilar”ning mafkurasi “kofirga chiqarish va xijrat” tamoili muhim o‘rin tutadi. “Jihodchilar” tomonidan ularning g‘oyalariga ergashmagan musulmonlar dindan chiqqanlikda ayblanib, ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda ishtirok etish, xususan sylovlarda qatnashish, milliy bayrmlarni nishonlash kabi amallar go‘yoki musulmon kishining “Kufr”ga kirib qolishiga yetarli dalil deb hisoblab, bunday adamlarni o‘ldirish va mol-mulkini talon-taroj qilish mumkin, deb davo qiladi.

Hozirgi kunda musulmon dunyosida “jihod” g‘oyasi boyrog‘i ostida turli-tuman jihodiy-salafiy guruhlar terrorchilik faoliyatini olib bormoqda.

“Jihodchi” jamaolarning yangi a'zolari diniy ta'lim ,siyosiy va jangovor tayyorgarlik bosqichlardan o‘tgandan so‘ng jinoiy uyishma rahbarlari ko‘rsatmasi bilan amaliy faoliyatga kiradilar. Kiyingi yillarda “jihodchilar” faoliyatida dastlabki ikki bosqich davrda yani 3-5 oyda o‘tish, yosh jangarilarni xudqush terrorchilikni amalga oshirishga tayyorlash kuzatilmoqda.

“Johodchilar” jamoalarining hozirgi kundagi faoliyatida quyidagi jarayonlar kuzatilmoqda.

Markaziy Osiyo Respublikalarida o‘z tarofdorlari sonini oshirish maqsadida yashirin olib borayotgan faoliyatni yanada maxfiylashtirish. Jamoalar safiga tadbirkorlarni ko‘proq jalb qilib, ularning mablag‘larini jinoiy faoliyatini moliyalashtirishga  yo‘naltirish.

Xorijdagi mehnat migrantlari ichida va Internet tarmog‘ida targ‘ibot ishlarini faollashtirish, yangi yollanganlarni Afg‘oniston, Pokiston, Suriya mamlakatlaridagi jangarilar safiga jalb qilish.

“xujra”lar tashkil qilgan holda yoshlarga ekstremistik g‘oyalarni singdirish. Bunday “hujra”larda dastlabki bosqichda yangi a'zolarni shubhalantirmaslik uchun ananaviy islom ahkomlari o‘qitiladi.

O‘zbekistonda olib borilayotgan diniy siyosatni obro‘sizlantirish maqsadida xorijiy OAV va Internet tarmog‘i orqali tuhmat malumotlarini tarqatishga o‘rinish ishlari bilan tanilgan.

Biz musulmonlar tug‘ri yo‘ldan adashmasdan sof islom dini ahkomlariga rioya qilgan holda yashaylik. Ahli sunna val jamoa e'tiqodiga  muvofiq ravishda islom diniga amal qilaylik. Bu adashgan toifalarni ta'siriga tushib qolishdan o‘zimizni asraylik. Buning uchun bu adashgan toifalarni asl yuzlarini bilib olishimiz lozim bo‘ladi. Inshaalloh aytib o‘tgan ma'lumotlarimiz sizlarga ast qotadi degan umiddamiz.

O. Xaydarov “G‘ulba” jome masjidi imom xatibi manbalar asosida tayyorlandi.


Kiritilgan vaqti: 20/07/2020 09:59;   Ko‘rilganligi: 1987
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/jihodchilar-harakati-haqida
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 15:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing