JANNATIM ONAM!!!
Yangi kelinchak qaynonasi kelib o‘tirgan dasturxon ustidan ensasini qotirib turib ketdi. Uning bu qilig‘i eriga g‘alati tuyuldi.
- Nimaga dasturxondan turdingiz, xonim? Sizga nimadir yoqmadimi? - dedi. Ayol:
- Oyingizning qo‘llari kir ekan. Ishtaham buzilib, ko‘nglim aynib ketdi!
- Shu sabab turdingizmi? Ho‘p, nima qilish kerak, azizam? Ayting!
- Oyingiz o‘zi ovqatlansin! Biz bilan bir dasturxon uzra o‘tirmasin! Bundan keyin uni biz bilan birga ko‘rishni xohlamayman!
- Xo‘p, xo‘p bo‘ladi. Bugundan e'tiboran, oyim alohida, o‘zlari o‘tiradilar. Lekin men, siz aynan onamning biz bilan taomlanishlaridan emas, bir uyda yashashlaridan ham qalbingiz siqilayotganini sezyapman. Sizga qolsa, onam biz bilan yashamasalar, a?
- Gapning ochig‘i shunday, men o‘z uyimda ular sabab xotirjam yasholmayman! Erkinlikka o‘rganganman!
- Xabaringiz bor. Onamning yolg‘iz farzandiman. Ular keksa bo‘lib qoldilar. Nima qilishim kerak?
- Masala hal, qariyalar uyiga olib borish kerak. Vaqti - vaqti bilan borib ko‘rib kelasiz. Agar shunday qilmasangiz, ota uyimga ketaman. Oldingizga qaytib kelmayman.
- Xo‘p bo‘ladi, azizam! Menga siz baxtli bo‘lsangiz bo‘ldi. Onamni qariyalar uyiga olib boraman! - deb ayoliga tabassum qildi.
- Ha aytgancha, kecha dadangiz menga qo‘ng‘iroq qilib, uylariga chaqirdilar - a?
- Ha, chunki men iltimos qilgan edim!
- Takliflarining sababi nima, azizam?
- Ertaga borganimizda bilib olasiz! Endi men borib uxlab dam ola qolay! - dedi ayol.
- Alloh ofiyat bersin! - dedi eri.
So‘ng onasining xonasiga kirdi. Onasi:
- Bolam, xotiningga nima qildi? Ovqatlanmadi? Betobmi?
- Ha, onajon, mazasi yo‘q!
- Ha unda nega oldimga kelib o‘tiribsan? Borib doktor chaqir! Dori darmon sotib ol! U kasal bo‘lib, yemak yemay och uxlab kolsa, Alloh oldida javob berasan! Undan mas'ulsan!
- Yo‘q, onajon! U qadar emas. Biroz dam olsa, o‘ziga kelib qoladi. Xavotir olmang!
- Alloh sizlarni sog‘-salomat qilsin, bolajonim!
- Omin! Ona, ertaga sizni bir joyga olib boraman! Undan keyin hamma narsa o‘zgaradi.
- Qayerga bolajonim?
- Ertaga bilib olasiz! Siz faqat u payt mening qilgan ishimdan g‘azablamang! Urishmang!
- O‘g‘lim, sen hamma narsani hikmat bilan bajarishingga ishonaman!
- Alloh sizni asrasin, onajon!
Ertasi kuni hammalari birga ayolning ota uyiga borishdi. Kuyov onasining qo‘lidan tutib moshinadan tushirdi.
Ayoli sekin kelib erining qulog‘iga pichirladi:
- Oyingizga nima bor edi? - dedi.
- Xotirjam, bo‘ling! Bu yerdan chiqib keyin tashlab kelaman! - dedi, eri.
Kelinning ota-onasi ularni kutib oldi. Peshin namozini o‘qib, tushlik qilmoqchi bo‘lishdi. Kelinning otasi kuyovi bilan yolg‘iz gaplashib olish maqsadida boshqa xonaga taklif qildi.
- Siz bilan muhim masala yuzasidan gaplashib olishim kerak! Qizim - yolg‘iz farzandim! Uning baxti men uchun hamma narsadan ustun! U menga qo‘ng‘iroq qilib, onangiz bilan yashashni istamayotganini aytdi. Tez yechim topmasangiz bo‘lmaydi. Erkatoyim siqilishini xohlamayman! Bo‘lmasa, qizim uyingizga qaytib ketmaydi! - dedi.
- Demak, o‘sha muhim masala, mening onam ekan -da? Ha, biz qizingiz bilan yechim topdik! Bu yerdan chiqib, Onamni qariyalar uyiga olib borib qo‘yaman!
- Tushunganingiz uchun rahmat! Masala hal, demak! - dedi qaynota.
Dasturxonga taomlar tortildi. Ayolning barcha oila a'zolari kelib o‘tirdi. Lekin kuyovning onasi yo‘q edi.
- Onam qanilar? - deb so‘radi kuyov.
- Ha, ularmi ular boshqa xonada o‘zlari ovqatlanadilar.
- Buni siz ularga aytdingizmi, azizam?
- Ha.
Kuyov qayn oilasiga biroz qarab turdida, ular dasturxonga qo‘l uzatishlaridan oldin:
- Rostini aytsam, men sizlar bilan ovqatlanishdan hazar qilaganaman! Chunki hammangizni qo‘llaringiz yuvuqsiz, kir! Sizlar bor joydan nafas ololmayman! Ko‘nglim siqiladi! - dedi.
Hammalari dahshatga tushishdi.
Ayol shasht bilan o‘rnidan turib:
- Bu nima deganingiz?- dedi.
-Qalbing yondimi? Kecha onam haqida ham shunday deganingda yuragim yondi! -dedi. So‘ng qaynotasiga qarab: Siz chi, kap-katta odam! Onangdan qutil! Uni haydab sol, degani Xudodan uyalmadingizmi? Kuni kelib, siz ham munkillab qolsangiz, farzandlaringiz sizni ko‘chaga uloqtirishsa, nima qilgan bo‘lardingiz?
Alloh insof bersin, sizlarga! - dedi.
So‘ng onasi o‘tirgan xonaga kirib uni olib chiqdi.
Onaizorning hech narsadan xabari yo‘q edi. Onasining yuz-ko‘zidan o‘pib:
- Ketdik onajon, ketdik! - dedi.
- Qayerga bolam?
-Men roziligingizga erishay, roziligingiz ila meni jannatga yetaklang, Ona! -dedi
Va onasini bag‘irga olib, odimladi. Chiqishidan oldin, ayolining oilasi tomon qarab:
- Menga Jannatim (onam) kerak! Dunyoyingiz (qizingiz) o‘zingizga siylov! - dedi.
XULOSA QILISH O‘ZINGIZDAN!!!
Abdullo Rahmonov O‘MI Samarqand viloyat vakilligi xodimi(manbalar asosida)
Kiritilgan vaqti: 01/04/2020 13:53; Ko‘rilganligi: 2893
Chop etilgan vaqti: 12/09/2024 11:36