O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Jannatga kiritadigan bir nechta amal

 
 

Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir a'robiy keldi va:
“Meni jannatga kiritadigan amalni o‘rgating”,-dedi.
“Gapni qisqa qilsang ham,so‘rovini keng qilding. Jonni ozod qil. Bo‘yinni yech”,-dedilar.
“Yo Rasululloh! Ikkisi bir emasmi?”-dedi.
“Yo‘q! Jonni ozod qilish bir o‘zing uni qullikdan chiqarishingdir. Bo‘yinni yechish bahosida yordam berishingdir.Serfoyda maniha . Zolim qarindoshga qaytish. Agar bunga qurbing yetmasa, ochga taom ber. Chanqoqni serob qil. Amru ma'ruf qil. Nahiy munkar qil. Bunga ham qodir bo‘lmasang,tilingni yaxshilikdan boshqadan tiy”-dedilar”.

Ushbu xadisi sharifda jannatga kiritadigan bir nechta amal zikr qilinmoqda.
1. Jonni ozod qilish. Ya'ni qulni qullik zanjiridan ozod qilish.
2. Bo‘yinni yechish, xojasi bilan ozod qilish uchun ma'lum miqdorda mablag‘ga shartnoma qilgan qulga moddiy yordam berish.
3. Serfoyda maniha. Biror hayvonni foydalanish uchun berib turish. Serfarzand yoki kambag‘al oilaga sutidan yoki xizmatidan foydalanish uchun biror hayvonni berib turish ham jannatga kiritadigan amallardan ekan.
4. Zolim qarindoshga qaytish. Qarindoshlik aloqasini uzgan qarindoshlar bilan aloqani tiklash. Qarindoshga yaxshilik-faqat unga biron yaxshilik qilish emas. Balki uning zulmiga chidash, undan yetadigan yomonliklarga yaxshilik bilan javob qaytarish.
5. Ochga taom berish. Bu amal ham jannatga kiritadigan amallardan ekan.
6. Chanqoqni serob qilish. Chanqagan kishiga suv berish ham kishini jannatga kiritadigan amallardan ekan. Bu xususda sahobalar hayotida ibratli voqealar juda ko‘p.
7. Amru ma'ruf qilish. Jamiyatning yaxshi bo‘lishi, muvaffaqiyatga erishish uchun insonlar doim bir-birlarini yaxshilikka chaqirib turishlari lozim.
8. Nahyu munkar. Bu ham hech qachon dolbzarbligini yo‘qotmaydigan amaldir.Insonlar bir-birlarini yomonlikdan qaytarar ekanlar, doimo yaxshilikda bardavom bo‘ladilar.
9. Tilni yaxshilikdan boshqasidan tiyish. Bugungi kunda hamma muhtoj bo‘lib turgan narsa shu, aslida. Ko‘p muammolar tilni tiymaslikdan, yaxshilikni kam gapirib, boshqasini ko‘p gapirishdan kelib chiqadi.
Ushbu hadisga amal qilib, faqat yaxshi gaplarni gapirish va jannatga kiritadigan amallarda bardavom bo‘lmoqlikni nasib qilsin.


Nazarov Anvar - Kattaqo‘rg‘on shahar "Muhammad Naqibbek" jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 03/02/2021 11:58;   Ko‘rilganligi: 1083
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/jannatga-kiritadigan-bir-nechta-amal
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 01:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing