O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Jamoat Al-Muslimin (Tashkilot nomi va asoschisi va yuzaga kelish tarixi)

 
 

 “Jamoat al-muslimin” (arab.-Musulmonlar jamoasi) Misrdagi diniy-ekstremistik tashkilot “at-Takfir val-hijra” nomi bilan ham mashhur.

Jamoat g‘oyalari Misr qamoqxonalarida Sayyid Qutb va uning safdoshlari o‘limga hukm qilingandan so‘ng shakillana boshlagan. Avval Ali Ismoil, keyinchalik 1971yilda Shukriy Mustafo (1942-1978) tashkilotga yitakchilik qilgan. U 1965 yil “Musulmon birodarlar” jamoasiga mansublikka ayblanib, 23 yoshida hibsga olingan. 1971-yilda ozodlikka chiqqach, Shukriy Mustafo o‘z jamoasining harakat nizomini ishlab chiqishga kirishadi. Shu asnoda tarafdorlari tomonidan unga “Mo‘minlarning amiri” nomi beriladi. Shukriy Mustafo va uning tarafdorlari Misr jamiyati islom qarashlariga to‘g‘ri kelmasligi va bunday davlatdan ketish kerak, degan xulosa kelganlar va 1973 yilda Misrning ahalisi kam bo‘lgan tog‘oldi hududiga ko‘chib o‘tishgan.

Jamoa Misrning vaqf ishlari vaziri Shayx Husayn az- Zahabiyga uyishtirilgan qotilligidan so‘ng, Misr hukumati tomonidan qattiq ta'qib ostiga olinadi. Ikki o‘rtada yuz bergan qurolli to‘qnashuvlardan keyin jamoaning yuzlab azolari 1977 yil hibsga olinadi. Shukriy Mustafo boshchiligidagi jamoaning 5 nafar yetakchilari o‘lim jazosi, qolgan azolari esa qamoq jazosiga maxkum yetiladi.

Mazkur guruh 1976 yilda o‘zlarini “Jamoat al-muslimin” deb nomlagan, lekin Misr ommaviy axborot vositalari ularni “at-Takfir val-hijra” deb atagan.

Zayniddin Eshonqulov  O‘MI - Samarqand viloyat vakili 


Kiritilgan vaqti: 04/02/2020 22:56;   Ko‘rilganligi: 1230
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/jamoat-al-muslimin-tashkilot-nomi-va-asoschisi-va-yuzaga-kelish-tarixi
Chop etilgan vaqti: 18/05/2024 14:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing