O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Jamoat Al-Muslimin (Tashkilot g‘oyalari)

 
 

Harkatning asosiy g‘oyasi gunohi kabira (katta gunoh) qilib, tavba qilmagan kishi,  jamoaning talimotlari yetib borgan bo‘lsa-yu, uni qabul qilmagan insonni “takfir”da ayblash hiboblanadi. Yani, ular o‘z g‘oyalariga qo‘shilmagan musulmonlarni imonsizlikda ayblashadi. Shuningdek, iddaolariga ko‘ra, ijmo, qiyos, maslahat al-mursala, istehson kabi shariy manbalardan hukm olgan kishi ham kofir, mushrik sanaladi.

Ularning g‘oyalarida to‘rtinchi hijriy asrdan keyigi asrlar kufr va johiliyat asrlari hisoblanadi. Chunki odamlar bu asrlarda Allohga yemas , taqlidga ibodat qilishgan. Dinning hech bir ishida taqlid qilish joiz yemas, balki musulmon hukmlarni dalillar bilan bilan bilishi shart.

Jamoaning yana bir asosiy g‘oyasi “hijrat” bo‘lib, bunga ko‘ra shu kecha-kunduzda mavjud jamiyatlar johiliydir. Shuning uchun ulardan chetlanib, alohida yashash kerak. Buning uchun “hijrat” qilish lozim, deb hisoblaydi. Bundan shqari islom tarixini  o‘rganish hamda unga oid manbalarning hech qanday ahamiyati yuq, chunki tarix faqat Quroni Karimda kelgan qissalardir, aqoid, tafsir va boshqa sohalarda yetishib chiqqan buyuk ulomolarning so‘zlari ham hech qanday qiymatga yega yemas, chunki musulmon ummatining qadimda va hozirdagi ulomolarning barchasi dindan qaytgan murtaddirlar, deb da'vo qiladilar.

“At-Takfir val-hijra”azolari “Biz savodsiz ummatmiz” hadisini notug‘ri talqin qilish oqibatida barchani savodsizlikka chiqarishadi. Hattoki, universitet, institut va madrasalarga o‘qishga kirishni taqiqlashadi. Shuningdek, masjidlarda jamoat bo‘lib namozlarni o‘qish borasida shunday deydilar: “Masjidlarning barchasi kufr uyasidir, imomlari yesa kofirdirlar”. Ularning fikricha, faqtgina: “Masjidul harom”, “Masjidun nabaviy”, “Qubo” va “al-Aqso” kabi to‘rtta masjidda imom o‘zlarining jamoalaridan bo‘lgan taqdirdagina namoz o‘qish mumkin. Shuningdek, “at-Takfir val-hijra” yetakchisi Shukriy Mustafoning “Islomni asl holatini tiklash uchun Alloh meni yerga yuborgan”, degan da'vosi harakat azolari arasida uni “Mahdiy” (Hidoyatga boshlovchi) deb ulug‘laganishga sabab bo‘lgan.

Zayniddin Eshonqulov - O‘MI Samarqand viloyat vakili


Kiritilgan vaqti: 05/02/2020 19:51;   Ko‘rilganligi: 1056
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/jamoat-al-muslimin-tashkilot-goyalari
Chop etilgan vaqti: 18/05/2024 17:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing