O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Jamiyatda imom-xatiblarning tutgan o‘rni

 
 

Islom oila munosabatlariga jiddiy e'tibor qaratgan din. Oilaviy masalalarning barchasi dinning masdari bo‘lgan Qur'on va sunnat bilan tartibga solingan. Oila farovonligini oshirish va mustahkamlashda islom ta'limoti kuchli strukturaga ega. Islomda oila ajrimi fojea sifatida qabul qilinadi. Tarixiy va bugungi statistik ma'lumotlarga ko‘ra dunyo aholisi o‘rtasida oilaviy ajrimlarning juda oz miqdori musulmon jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu musulmonlarning oilaga nisbatan hurmat bo‘lgan qarashi boshqa xalqlarga nisbatan bir pog‘ona yuqori ekanidir. Tarixdan oila qurish va ajrimlar muftiy, qozi va imomlar va diniy bilimli kishilarning ishtirokida bo‘lib kelgan. Hozirgi kunda ham musulmonlar nikoh va ajrimlar borasida imom-xatiblarga murojaat qilishi davom etib kelmoqda.

Musulmonlar ishlarini din ta'limotlari asosida bo‘lishiga ko‘p e'tibor qaratadigan xalq. Diniy marosim va tadbirlar imom-xatiblar ishtirokida amalga oshiriladi. Imom-xatiblar jamiyatda aholining diniy ta'limga bo‘lgan ehtiyojini ma'lum darajada qondiruvchi instansiya hisoblanadi.

Fiqhiy, aqidaviy va boshqa masalalarda imomlarga murojaatlar tez-tez bo‘lib turadi. Hatto shaxsiy masalalarda ham ularga maslahat solish bo‘lib turadi. Har juma kunida juma namoziga qadar qilingan mav'iza imomning xalqning diniy ta'limotga e'tiborli bo‘lishiga xizmat qiladi. Imomlarning internet tarmoqlari orqali o‘z sahifalarida diniy suhbatlar, to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli suhbatlari katta auditoriyaga ega. Zamon rivojlangani sari yangi masalalar, savollar yuzaga chiqaveradi. Hammaning ham birdek diniy bilimni puxta egallash imkoni yo‘q. Shuning uchun imomlar va ilm egalari musulmon jamiyatga doim murojaat qilinadigan kishi sifatida qaraladi. Bundan tashqari imomlarga nisbatan xalqning munosabati ijobiy va ularga doim hurmat bilan qaraladi. Bu o‘z navbatida ularning jamiyatdagi munosabatlarni ijobiy hal qilishida muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi paytda bir muncha sekulyarlashgan musulmonlar ham nikoh borasida din ta'limotiga pisandsiz qaramaydi. Nikoh imom-xatib ishtirokida o‘tadi va imom kelin-kuyovga din ahkomlarini bir bor eslatib, er va xotinning majburiyatlari va har birining oiladagi mas'uliyatini bildirib o‘tadi.

Oilaviy kelishmovchilik, janjallar yuzaga kelganda ham ota-ona yoki kelin-kuyov imomlarga murojaat qiladi. Aksar holatda imomning va'z-nasihatlari oilaviy mojarolarning barham topishi va oilani saqlab qolishda katta ahamiyatga ega.

B Ismoilov - Tayloq tumani bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 20/11/2020 07:41;   Ko‘rilganligi: 1357
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/jamiyatda-imom-xatiblarning-tutgan-orni
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing