O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Ixtlofning xaromligi

 
 

Allox taolo «Anfol» surasida mo‘min musulmonlarga xitob qilib: “Alloxga va Uning Rasuliga itoat qiling. O‘zaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch quvvatingiz ketadi. Va sabr qiling. Albatta Allox sabr qiluvchilar bilandir”, degan (46-oyat).

Musulmonlar Allox taologa va Uning Rasuli Muxammad sallalloxu alayxi vasallamga qanchalik itoatda bo‘lsalar, muvaffaqiyatlari xam shunchalik ko‘p bo‘laviradi. Jumladan, musulmonlar o‘zaro nizo va ixtilof qilmaslikda xam Allox taologa va Uning Rasuliga itoatda bo‘lishlari xam ko‘pgina muvaffaqiyatlarning omillaridandir.

Allox taolaga va Uning Rasuliga itoat qilmay o‘zaro nizo va ixtilof qilishning oqibati nima bo‘lishi oyatning davomida bayon qilib, berilmoqda: “O‘zaro nizo qilmang, u xolda tushkunlikka uchraysiz va kuch- quvvatingiz ketadi”.

Allox taolo rost aytadi. Islom tarixida musulmonlar qachon mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsalar faqatgina uzaro ixtilof va ichki nizolar tufayligina uchraganlar. Shu munosabat ila asrimizning mashxur ulamolaridan birlari G‘azoliy Raxmatulloxi alayxning Jazoirning Sitif shaxrida bo‘lib o‘tgan ilmiy anjumanda aytgan gaplarini misol qilib keltirishimiz mumkin. O‘shanda u kishi jumladan shunday degan edilar: “Allox taolo menga Islom tarixini yaxshilab o‘rganish imkoniini berdi. Bugun men Islom tarixini yetarlicha o‘rgandim deya olaman. Alloxga qasamki, musulmonlar Uxud kunidan boshlab xozirgi soatgacha tashqi dushmandan yengilganlari yo‘q. Musulmonlar qancha mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsalar, faqatgina o‘zaro ixtiloflari va ichki nizolari tufayligina mag‘lubiyatga uchraganlar”. Oyati Karimaning oxirida Allox taolo: “va sabr qiling. Albatda, Allox sabr qiluvchilar bilandir”,  demoqda. Demak, orada ixtilof chikmasligi uchun sabr kerak. Sabrsizlik esa, musulmonlar orasida turli ixtiloflar, urush janjalllar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Allox taolo sabr kiluvchilar bilan bo‘ladi. Ularni turli yomonliklardan asraydi sabr qilmay, chidamsiz bo‘lganlar esa, ixtilof girdobiga duchor bo‘ladilar. Imom Muslim rivoyat qilgan xadisi sharifda Payg‘ambarimiz alayxissalom: “Ixtilof qilmanglar, yana qalblaringiz ixtilofli bo‘lib qolmasin”, deganlar. Payg‘ambarimiz alayxissalom qaytargan narsadan qaytmog‘imiz lozim.

Xadisi sharifda ixtilofning yomon oqibati aloxida takidlanmoqda. Bu qalblarning ixtilofli bo‘lib qolishidir. Xa, bir-ikki bor ixtilof sodir bo‘lgandan keyin, uning tasirida qalblar ixtilofli bo‘lib qolsa Allox kursatmasin, keyin o‘shanday qalb egalarining boshlari shubxasiz kelishmovchilik va urush – janjallardan chiqmay qoladi.

Bizdagi ixtiloflar bazilarimizning Xanafiy fiqxiy mazxabini inkor qilishimizdan chikmoqda. Chet ellarda yashirinib olib ijtimoiy tarmoqlar orqali kimligi va ustozi kimligini tayini yo‘q, bizga dinni o‘rgatmoqchi bo‘lgan bazi kimsalar musulmonlar orasida ko‘plab ixtiloflarni keltirib chiqarmoqda.

Yuqoridagi oyat va xadislardan malum bo‘ladiki, necha asrlardan buyon bizdan ko‘ra diniy ahkomlarni mukammal bilib, unga amal qilib kelgan ajdodlarimizga ixtilof qilishlik xarom amallardan xisoblanadi.

Manbaalar asosida Urgut tuman “Maxmatqul Xoji” jome masjidi Imom xatibi Z.Ibragimov tayyorladi.


Kiritilgan vaqti: 30/11/2021 06:33;   Ko‘rilganligi: 1060
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/ixtlofning-xaromligi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 07:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing