O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Isrof haromdir

 
 

Albatta, Alloh taoloning ne'matlarini sanab oxiriga yetib bo‘lmaydi. Bu ne'matlarni shukrini qilish har bir bandasiga lozimdir. Buni shukrini qilish eng avvalo bu ne'matlarni isrof qilmasdan foydalanishda ko‘rinadi. Alloh taoloning ne'matlariga qanchalik ko‘p shukr qilsak, ne'matlarini yanada ziyoda qilib berishini, aksincha isrof qilib, noshukurchilik qiladigan bo‘lsak qattiq azoblar bilan azoblashini O‘z kalomida ta'kidlab qo‘yibdi.

Vaqt ne'mati bo‘lsin, yeb-ichish bo‘lsin, mol-davlat ne'mati bo‘lsin qiyomatda bular haqida albatta so‘ralamiz.  Afsuski, bugungi kunda to‘y-marakalarimizda, yoki  musibatli kunlarda ko‘plab ortiqcha isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Alloh taolo   Qur'oni Karimda  marhamat qiladi: “Ey Odam avlodi! Har bir masjid (namoz) oldidan ziynatlaringiz (pok kiyimlaringiz)ni (kiyib) olingiz! Shuningdek, yeb-ichingiz, (lekin) isrof qilmangiz! Zero, U isrof qiluvchilarni sevmagay” (Arof, 31-oyat).

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam juda ko‘p hadislarda isrofdan bizlarni qaytarganlar. Hatto daryo bo‘yida tahorat olayotganda ham suvni isrof qilmaslikka chaqirganlar.Ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Darhaqiqat, mo‘min bitta ichagi to‘lguncha, kofir (yoki munofiq) esa yettita ichagi to‘lguncha ovqat yeydi!» dedilar» (Imom Buxoriy rivoyati).

Har birimiz dasturxon atrofida o‘tirganimizda oldimizdagi noz-ne'matlar haqida tafakkur qilib, shukronasini keltirsak, maraka-marosimlarni ixcham o‘tkazsak inshoalloh Alloh taoloning marhamatiga yanada ko‘proq erishamiz.

  Jumayev To‘raqul Urgut tuman “Baxrin” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 23/10/2023 22:23;   Ko‘rilganligi: 132
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/isrof-haromdir
Chop etilgan vaqti: 01/05/2024 18:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing