O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Islomda takfir tushunchasi

 
 

Mazxabsizlikni da'vo qilayotganlarning so‘zlaridan biri bu “Takfir” ya'ni kofirga chiqarish masalasidir. Bu so‘z amalni iymon nomi ostiga kiritish ruknidan kelib chiqgan. Ularning dalillari qur'on-karimdagi “O‘sha Alloh taoloning nozil qilgan oyatlari bilan xukm qilmagan odam kofir bo‘ladi” degan oyatni keltirishadi. Lekin bu oyat-karimadagi “kofir bo‘ladi” degan jumla, kufr so‘zining ikkinchi majoziy ma'nosida gunohkor bo‘ladi deb keltirilgan.

Chunki bunday bo‘lishiga sabab boshqa oyatlarda “Alloh taoloning nozil qilgan oyatlari bilan xukm qilmagan odam fojir (gunohkor) bo‘ladi” degan ma'nolar xam kelgan. Arablar dexqonni xam kofir deb nomlaydi, sababi urug‘ni yerga yoshirgani uchun. Kufr so‘zi xam ikki xil bo‘ladi: Millatdan chiqaradigan va gunohkor qiladigan kufrlar. Millatdan chiqaradigan kufr ochiq-oydin kufr so‘zini aytib, kufr ishlarini qilgan va buni o‘zi tan olishi millatdan chiqaradigan kofir bo‘ladi. Gunohkor bo‘ladigan kufr esa masalan gunohi-kabiralarni qilgan odam uni xalol sanamasa, u inson gunohkor bo‘ladi, lekin millatdan chiqadigan kofir bo‘lmaydi. Shuning uchun Ibn Nujayim (r.a) “Agar bir odamdan yuzdan to‘qson to‘qqiz foizi kufrga nisbat bersa-yu, bir foizi musulmonlikga nisbat bersa, u insonni musulmon. Uni kofirga chiqarmaylik balki musulmonlikga nisbat beraylik” deganlar.
Bugun arzimas narsa masalan gunoh-u kabira qilgan, namoz o‘qimagan, ro‘za tutmagan insonni iymondan chiqarish oson bo‘lib qoldi. Aslida bu oson narsa emas. Bizning e'tiqodimizda “Amal iymon ostiga kirmaydi” lekin uning odoblari xisoblanadi. Iymon ostiga kiradigan bu qalbdan tasdiq qilishlik va tilda iqror bo‘lmoqdir.

Jahongirxon Abrorov manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 10/11/2021 06:10;   Ko‘rilganligi: 493
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/islomda-takfir-tushunchasi
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 07:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing