O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

ISLOM - TINCHLIK, BAG‘RIKENGLIK VA MA'RIFAT DINI (3-maqola)

 
 

«Islom» so‘zining arab tilidagi lug‘aviy ma'nosi- “bo‘ysunish”, «itoat etish», istilohda esa, Allohga til bilan imon keltirib, dil bilan tasdiqlash, uning ko‘rsatmalariga bo‘y sunishni anglatadi. Shuningdek, «Islom» so‘zining o‘zagi «salom» bo‘lib, tinchlik, sulh ma'nosini anglatadi. Bunga dalil sifatida bir naslga mansub odamlar o‘rtasida xavfsizlikni ta'minlashi, farovonlik va hamkorlikni anglatishini keltirish mumkin. «Salom» so‘zi Qur'onning 30 dan ortiq joyida takrorlangan. Shuning bilan birga, u Alloh taoloning go‘zal ismlaridan biridir».

Tinchlik bebaho ne'mat ekani islom manbalarida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, Qur'oni karimda: «Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirishingiz!...» (Bakdra, 208) deyiladi.

Ushbu oyatdagi “yoppasiga itoatga kirishingiz” degani tafsir kitoblarda sulhga, o‘zaro tinchlikka kirishing urishni tark eting manosini beradi. Shuningdek, “U (er) ga sog‘-salomat, tinch-omon kiringiz” (Hijr, 46), degan Alloh taoloning oyatida ham jannat ahlining abadiy hayoti tinchlik, osudalik va salomatlikda kechishi aytilgan. Mazkur oyat bizga tinchlik va xotirjamlik nafaqat bu dunyoda qadirli, balki jannatda ham juda ulug‘ ne'mat ekanini hamda yer yuzi insoniyatning farovon, o‘zoro totuv va hamjihat yashashi uchun yaratilganini bildiradi.

Hadisi sharifda esa, “Tinchlik va xotirjamlik ikkki ulug‘ ne'maddirki, bundan ko‘p odamlar mahrumdirlar”; “Kim bizlarga qarshi tig‘ ko‘tarsa, u ahli islomdan emas” deya insonlarni tinchlikning qadriga yetishga, o‘zaro ahil-inoq yashashga chaqirilgan. Shuningdek, Ibn Abbos (roziyallohu anhu)    dan rivoyat qilingan hadisi shaifda aytilganidek, “Ikki eng aziz ne'mat bor, ko‘plar buning qadriga yetishmaydi, bular salomatlik va tinchlik-xotirjamlikdir” (Imom Buxoriy va Imom Termiziy). (davomi bor)

                                                                                             O‘MI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 08/07/2020 14:42;   Ko‘rilganligi: 1397
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/islom-tinchlik-bagrikenglik-va-marifat-dini-3-maqola
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 09:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing