O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

ISLOM - TINCHLIK, BAG‘RIKENGLIK VA MA'RIFAT DINI

 
 

Tinchlikparvarlik islom dinining mohiyati.

Bugungi kunda dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash yo‘lida hal etilishi zarur bo‘lgan ko‘plab muammolar mavjud ekani, kishilarning osuda hayotini izdan chiqarishga qaratilgan yangi shakldagi tahdidlarning paydo bo‘layotgani va buning natijasida buzg‘unchi g‘oyalar mafkura maydonini qurshab olayotgani ochik, oydin xavf tug‘dirmoqda.

Bunga e'tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta'minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jixatdan o‘ziga og‘dirishga harakat qilayotgan kuchlarni misol keltirish mumkin. Masalan, islom niqobi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaassib uyushmalar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat'iy nazar, barcha musulmonlarning ma'naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib, ularni yagona maqsad ostida birlashuvi g‘oyasini ilgari suradilar. Bunday kuchlar shu yo‘l bilan har bir davlatning o‘z taraqqiyot yo‘lidan chiqarishga harakat qiladilar, qayerda g‘oyaviy bo‘shliq, loqaydlik va beparvolik mavjud bo‘lsa, ular o‘sha yerda paydo bo‘ladilar.

Xususan, katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislardan biri o‘z intervyusida: “Tinch osoyishta hayot, barqarorlikning eng muhim sharti shuki, beg‘amlik, va beparvolikka yo‘l qo‘ymasdan, doimo ogoh, har tomonlama sezgir va uyg‘od bo‘lish, tarixdan, hayotdan xulosa chiqarib yashash kerak. Bunday qarash, bunday kayfiyat shu aziz yurtimizdagi barcha vatandoshlarimizning hayotiy maqsadiga aylanishini istardim. Ogoh bo‘lib yashaydigan odam chetdan kelayotgan xavf-xatarni oldindan ko‘rib, uni bartaraf eishi oson kechadi. Agarki turli balo-qazolardan o‘z vaqtida ogox bo‘lmasa, ularga beparvo qarasa, keyin ulani yo‘q qilish juda qiyin bo‘ladi», degan.

O‘MI Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 06/07/2020 19:00;   Ko‘rilganligi: 1200
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/islom-tinchlik-bagrikenglik-va-marifat-dini
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 14:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing