O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

IMOMI A'ZAM XULQLARI

 
 

Xalifa Rashid kunlarning birida Imom Abu Yusufga dedi:
— Abu Hanifaning xulqlarini menga tavsiflab bering.
U zot dedilar:

— Alloh taolo aytadi: «U biror so‘z aytmas, magar huzurida (farishta) hoziru nozir» (Qof surasi 18-oyat). Alloh taolo har bir aytuvchining so‘zidan ham yaxshi bilguvchi Zotdir! Men bilgan Abu Hanifa:
1) Alloh taolo harom qilgan narsalarga yaqin kelishdan ham o‘ta ehtiyotkor edilar;
2) Allohning dini borasida bilmagan narsasini aytishdan qattiq taqvodor edilar;
3) Allohga itoat qilishni sevar va osiy bo‘lishni yoqtirmas edilar;
4) Dunyo ahlidan dunyolari ichida yiroq edilar;
5) Uzoq sukut saqlar, ko‘p zikr qilar va keng ilm sohibi edilar;
6) Ko‘p kuladigan va ko‘p gapiradiganlardan emasdilar;
7) Agar bir masala u kishidan so‘ralsa, bu borada ilmi bo‘lsa so‘zlar va eshitganiga ko‘ra javob berar edilar;
8) Agar aksincha bo‘lsa, haqqa bosh egar va unga ergashar edilar;
9) Nafsini va dinini saqlovchi edilar;
10) Ilm va mol borasida saxiy edilar;
11) O‘z kasblari ila odamlardan behojat edilar;
12) G‘iybatdan uzoq edilar va biror kishini eslasalar, faqat yaxshilik bilan eslar edilar.
Xalifa Rashid dedi:
— Bu solih zotlarning xulqlaridir.
So‘ng kotibga buyurib, dedi:
— Ushbu sifatlarni yoz va uni o‘g‘limga yubor. Ularni o‘rgansin!

Alloh barcha solih zotlardan rozi bo‘lsin!

Shayx Lu'ay Xaliliy al-Hanafiy hafizahulloh

Xayrulla domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 25/12/2021 09:02;   Ko‘rilganligi: 452
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/imomi-azam-xulqlari
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 18:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing