O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

IMOM A'ZAMNING (R.A) ZAKOVATLARI

 
 

Rivoyat. Imom A'zamni do‘st ko‘rmaydigan bir kimsa u zotdan so‘radi: “Jannatni umid qilmaydigan, do‘zahdan qo‘rqmaydigan, o‘limtik yeydigan, ruku va sajdasiz namoz o‘qiydigan, ko‘rmagan narsasiga  guvohlik beradigan, xaqni yomon ko‘radigan va fitnani yaxshi ko‘rib, rahmatdan qochadigan, yahudiy va nasroniylar so‘zlarini tasdiqlaydigan kishi xaqida nima deysiz?”

 -U odam Alloh taoloning xaqiqiy do‘stlaridandir. Negaligini bayon qilsam, tilingni yomon so‘zlardan tiyasanmi?

-Xa, tilimni behuda so‘zlardan tiyib tavba qilaman.

-Uning sifati bunday: u odam jannatni umid qilmaydi, balki jannatning Parvardigorini umid qiladi; do‘zahdan qo‘rqmaydi, balki do‘zahning Parvardigoridan qo‘rqadi; baliqning o‘limtigini ham yeydi; janoza namozini ruku va sajdasiz o‘qiydi; Alloh taolo bilan Payg‘ambarni ko‘rmasdan, Hudoning birligi va borligiga hamda Muhammad (alayhissalom) Hudoning bandasi va payg‘ambari ekaniga guvohlik beradi; Alloh taologa uzoq yil toat qilmoq uchun o‘limni yomon ko‘radi; mol-dunyo va farzand fitna bo‘lsa ham, yaxshi ko‘radi; yomg‘ir Allohning rahmati bo‘lsa ham, undan qochadi; “Yahudiylar: “Nasroniylar hech narsada yo‘q”, -desalar , nasroniylar: “Yahudiylar hech narsada yuk”, dedilar” ( Baqara, 113) oyatini tasdiqlaydi.

Shunda savol so‘ragan kishi o‘rnidan turib, Imomi A'zamning qo‘llarini o‘pdi va: “Guvohlik beraman, mazhabingiz haqdir, endi shubham qolmadi” dedi.

 Nurullo Yuldashev Jomboy tumani “ISLOM NURI” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 27/10/2021 05:35;   Ko‘rilganligi: 540
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/imom-azamning-ra-zakovatlari
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 14:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing