HIZBUT-TAHRIR al-ISLOMIY (Terrorchilik harakatlaridagi ishtiroki).
“Hizbut-tahrir” faollarining musulmon dunyosiga mansub bir qator davlatlarda konstitusiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan terrorchilik amaliyotarida ishtirok yetgani ham ularning asl qiyofasini ochiq-oydin namoyish yetadi.
Jumladan, 1968, 1974 va 1977 yillaarda “Hizbut-tahrir” azolari Iordaniya, 1974 yilda yesa Misrda harbiy isyon ko‘tarishga uringan.2000 yil yanvarda yesa Suriya huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan hukumatgaa qarshi g‘alayonlar ko‘tarishga tayyorgarlik ko‘rayotgan tashkilot faollarining 800 nafari qamoqqa olingan.
2002 yilda Filippinda qamoqqa olingan tashkilotning bir guruh faollaridan katta miqdordagi portlovchi moddalar va o‘qotar qurollar qo‘lga olinishi barobarida ularning “al-Qoida” terrorchi tashkilotining mahalliy tuzilmalari bilan yaqin aloqada bo‘lgani ham aniqlangan. Bu yesa “Hizbut-tahrir” tashkiloti o‘z faoliyatini xalqaro terrorchilik tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil yetayotgandan dalolat beradi.
Bundan tashqari, 1999-2005 yillarda mazkur harakatning Quddus shahridagi bo‘limi azolari tomonidan Turkiya, Misr va Vatikan kabi mamlakatlardan ziyoratga kelgan rasmiy deligatsiyalar rahbarlari, shuningdek AQSH sobiq Prezidentining rafiqasi Lora Bushga nisbatan hujum uyushtirishga qaratilgan xatti-harakatlari politsiya tomonidan bostirilgan.2009 yilning aprel oyida yesa Bangladeshning Kushitiya shahrida politsiya tomonidan 31 nafar “Hizbut-tahrir” azosi qo‘lga olingan. Rasmiylarlarning bayonotiga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxslar tomonidan terrorchilik harakatlarini amalga oshirilishi rejalashterilgan bo‘lib, ulardan ko‘plab miqdorda portlovchi modda olingan.
Shu bilan birga, fitnalarning doimiy muvaffaqiyasizlikka uchrashi, “Hizbut-tahrir” rahbariyati orasida ushbu harakatlar tashkilotning “ajralib” chiqqan qismi tomonidan amalga oshirildi, degan davo bilan aybni bo‘yinlaridan soqit qilishga intilishdek amaliyotni keltirib chiqarganini takidlash zarur.
Zayniddin Eshonqulov - O‘MI Samarqand viloyat vakili
Kiritilgan vaqti: 01/02/2020 15:59; Ko‘rilganligi: 1426
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 15:31