O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

HIZBUT-TAHRIR al-ISLOMIY (Mintaqadagi faoliyati).

 
 

“Hizbut-tahrir”ning Markaziy Osiyo mintaqasidagi faoliyati XX asrning 80-yillarining oxiri 90-yillariga to‘g‘ri keladi.

Bu davrda “Hizbut-tahrir”ning talimotlariga oid chet davlatlarda nashr yetilgan mutaassiblikka yo‘g‘rilgan va yuqorida qayd yetilgan g‘oyalar aks yetgan turli xildagi kitob, risola, va jurnallar noqonuniy yo‘llar bilan yurtimizga kirib keldi. U o‘zining targ‘ibot ishlarini muntazam ravishda jumladan, hozirgi kuna ham dunyoninig siyosiy, iqtisodiy va diniy manzarasini “Hizbut-tahrir”ning qarashlaridan kelib chiqqan holatda qoralab yozilgan varaqalarni tarqatish amaliyotini qo‘llab kelmoqda.

Shuningdek, “Hizbut-tahrir” mintaqada musulmonlarga iqtisodiy ko‘mak berish, kamunal to‘lovlar masalasida qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish, yosh oilalarga uy qurulishida yordam berish, bayramlarda xalqqa osh tarqatish orqali o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirish va tarafdorlar sonini oshirishga yerishmoqda.

 Zayniddin eshonqulov O‘MI - Samarqand viloyat vakili


Kiritilgan vaqti: 31/01/2020 22:43;   Ko‘rilganligi: 1149
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/hizbut-tahrir-al-islomiy-mintaqadagi-faoliyati
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 14:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing