O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

HIZBUT-TAHRIR al-ISLOMIY (Harakatga a'zolik).

 
 

       “Hizbut-tahrir” da'vatchilari asosan dinga moyilligi bo‘lgan yoshlarni (ular o‘zining odobi, tarbiyasi va oilaviy ahvoli bilan boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan va o‘zi ham da'vat qilganida “beshlik” halqaar tuzib, shaxslarga o‘z so‘zini o‘tkaza oladigan bo‘lishi shart) jalb qilib, ularni halqalarda avval islom diniga oid suhbatlar bilan bilim darajasini aniqlashadi.

Keyinchalik ular orasidan iqtidorli, da'vatini boshqalarga o‘tkaza oladigan va harakatga foyda keltiradigan davlat boshqaruv idoralari xodimlari bo‘lgan shaxslar esa o‘zlarining boshqalarga nisbatan ta'sir doiralari va o‘ziga xos jihatlariga qarab) ajratib olinib, ularga asta-sekin Hiizbut-tahrir”ning taktik strategiyasini belgilab beruvchi “Islom nizomi” asosida daryo beriladi. Ushbu kitob to‘liq o‘rganilgach (darslar haftada ikki marta, jami uch oydan bir yarim yilgacha bo‘lgan vaqt mobaynida davom etshsh mumkin), doris mushrif yoki naqib tomonidan tayinlangan vakil ishtirokida, qasam qabul qiluvchi (jihoz a'zolaridan biri)ning uyida qasamyod qildiriladi. Qasamyod qilgan shaxs “Hizbut-tahrir”ning xaqiqiy a'zosi, deb hisoblanadi va bir oy mobaynida o‘zi uchun halqa tuzib, uni boshqarishi lozim bo‘ladi.

         Shu o‘rinda ta'kidlash kerakki, “Hizbut-tahrir” ga qo‘shilayotgan yangi a'zolar qabul qiladigan qasamyodning  mohiyati harakat g‘oyalarini hayotga tatbiq qilish uchun barcha kuch va sa'y-harakatlarni safarbar qilishni talab etadi. Bunda “Hizbut-tahrir”ga sadoqatli bo‘lish, e'lon qilinadigan “jihod”da faol qaatnashish, harakat g‘oyalari rad etiladigan mamlakatning konstitusiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash, uning o‘rniga “islomiy xalifalik”ni  qurish va bu yo‘lda uz amirining buyrukdarini so‘zsiz bajarishhaqidagi va'dalar va majburiyatlarni o‘z ichiga olgan qasamyodning qo‘lda qur'on bilan qabul qilishga alohida e'tibor beriladi

Zayniddin Eshonqulov O‘MI Samarqand viloyat vakili


Kiritilgan vaqti: 30/01/2020 16:13;   Ko‘rilganligi: 1068
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/hizbut-tahrir-al-islomiy-harattga-azolik
Chop etilgan vaqti: 18/05/2024 15:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing