O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Hizbut-tahrir al-Islomiy (Harakatga munosabat).

 
 

Buyuk Britanyaning bir qator shaharlari, Frankfurt-na-Mayne (Germaniya), Istambul (Turkiya), Laknau (Hindiston), Jidda (Saudiya Arabistoni), Quddus (Falastin), Kuala-Luvpur (Malayziya) va Jakarta (Indoniziya)da “Hizbut-tahrir” markazlari faoliyat olib borgan.

Mazkur tashkilot O‘zbikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Livan, Misr, Iordanya, Germaniya, Rossiya, Pokiston va Suriya kabi boshqa bir qator davlatlarda qonun bilan taqiqlangan. “Hizbut-tahrir”ning xalifalik barpo yetish g‘oyasi birorta musulmon mamlakatlarida aks-sado topmay, butun dunyo musulmon ulomolari yig‘ilishlarida ham keskin tanqidga uchrab kelmoqda.

Shu o‘rinda qayd yetish joizki, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida yashirin faoliyat olib borishga uringan “Hizbut-tahrir” tashkiloti o‘zini terrorchilik faoliyatiga aloqasi yo‘q yekanini uzoq vaqt ta'kidlab keldi. Ammo uni ushbu g‘araz maqsadida qo‘llab kelayotgan kuchlar bugun ham jahon hamjamiyatida, afsuski yo‘q yemas.                

O‘z umrini yashab, tarix sahnidan tushib ketgan, bugungi voqelikka mutloqo to‘g‘ri kelmaydigan hayoliy xalifalikni barpo yetish uchun har qanday amaliy harakatlardan tiyilmaslik, jumladan, qurol ishlatishni targ‘ib qilish orqali musulmonlar ongida yeng ashaddiy g‘oyalarni singdirishni o‘zining dasturiy vazifasi qilib olgan hamda uni hayotga tatbiq yetishga jon-jahdi bilan o‘rgnayotgan bunday guruhni terrorchilik faoliyatiga aloqador yekani shubhasizdir.

Zayniddin Eshonqulov O‘MI - Samarqand viloyat vakili


Kiritilgan vaqti: 03/02/2020 20:28;   Ko‘rilganligi: 1134
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/hizbut-tahrir-al-islomiy-harakatga-munosabat
Chop etilgan vaqti: 18/05/2024 15:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing