O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Hayo – tarbiyaning boshi

 
 

Hazrati Ali roziyallohu anhu deydi: “Kimda olti xil tabiat jamlangan bo‘lsa, u jahannamdan omon qoladi, jannatga tushadi: Allohni tanib, Unga itoat etsa; shaytonni bilib, unga ergashmasa; haqni anglab, unga taslim bo‘lsa; botilni sezib, undan qochsa; dunyoni tushinib, unga ko‘ngil bermasa; oxiratni o‘ylab, unga hozir tursa”.

Haqiqiy mo‘min, qalbi pok inson yuqoridagi nasihatga amal qilib hech qachon imonini sotib shaytonga qul bo‘lmaydi. Hozirgi kunlarda nafsining quliga aylangan, molu-mulk, uy-joy va boshqa obro‘ mansabga uchib imonini sotayotgan, shaytonning malaylariga aylanayotganlar qanchadan qanchadir. Shunday imon itiqodli ajdodlar, ulug‘ yurt farzandlari hozirgi kunga kelib, senda hayo bormi, sening imoning butmi? deyilsa, hayo nima? Imon degani qanday narsa o‘zi? –deyishi bu achinarli hol albatta. Hayo bilan imon bir biriga chambarchas bog‘liq. Ko‘cha kuyda opa-singillarimizni hozirgi paytdagi kiyinishi-yu yurish turish holatlari achinarli bir holat. Qizlarimizning ochiq-sochiq, tor kiyinishi, yigitlarning ham o‘zlariga mos bo‘lmagan, milliyligimizdan yiroq liboslarni kiyishi, yoshlar orasida ommaviy madaniyatning ta'siri oshib borayotgani shular jumlasidandir.

Ota-ona farzandiga yoshlik chog‘idan hayoli, imonli qilib tarbiya bermog‘i zarur.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Farzandlaringizni hurmatlang va ularning odobini go‘zal qiling», dedilar”. Ibn Moja rivoyat qilgan.

Onalar va bolalar o‘rtasida ruhiy biologik jihatdan mustahkam bog‘lanish bog‘lanish bor. Bundan tarbiya jarayonida ta'sirchan omil sifatida foydalanish maqsadga muofiq. Biroq barcha onalar ham anna shu tarviyaviy ta'sirdan to‘liq foydalanayapdi, deya olmaymiz. Chunki, buning yaxlit isboti sifatida yuqorida aytib o‘tilgan xotin qizlarimizning  tarviyaviy holati, ya'ni kiyinish madaniyati, yurish turish holati, yigitlar bilan ochiqcha muloqotlarini yaqqol dalil qilib ko‘rsatishimiz mumkin.

Xulosa o‘rnida shuni aytamizki, bizning davr farzand tarbiyasiga har qachongidan ham jiddiy yondashishni talab qiladi. Biz ota-onalar farzandlarimiz kelajagi uchun kurashishimiz, ularni vataniga, xalqiga sodiq  inson qilib, imon e'tiqodli, hayoli, komil inson bo‘lib yetishishiga alohida e'tibor qilaylik.

Elmurod  ISMOILOV – Tayloq tuman “Madaniyat” jome masjidi bosh imom xatibi

 


Kiritilgan vaqti: 10/08/2020 15:10;   Ko‘rilganligi: 1038
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/hayo-tarbiyaning-boshi
Chop etilgan vaqti: 14/02/2025 15:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing