Hayo – eng oliy axloqiy fazilat
Hayo har qanday oliy xulqning negizi bulib, insonni yaxshilikka undaydi, yomonlikdan uzoq yurishga chaqiradi. Rasululloh alayhissalom aytganlaridek: “Hayo faqat ezgulik keltiradi”. Ayniqsa ayol-qizlarimiz uchun ziynat hisoblanadi. Ulug‘larimiz aytgan ekan: “Ayolning chiroyi hayosidadir, hayosiz go‘zallikdan xunuk narsa yo‘qdir”. Hadislardan birida ta'riflanadiki hayo payg‘ambarlardan payg‘ambarlarga ma'naviy merosdir.Odamlar orasida avvalgi payg‘ambarlardan saqlanib qolgan gap shuki – agar uyalmasang xoxlagan ishingni qilaver. Hadisdan ko‘rinib turibdiki uyatli ishlarni qilishda nafsni tiyish, odamlarning ta'na malomatlariga sabab bo‘ladigan ishlarni qilmaslik, hayoning mazmuni hisoblanadi. Hayoning ziddi bo‘lgan, beandishalik esa insonlarni yomon tuban holatlarga tushiradi.
Hayosiz kishilar atrofidagi tanqidlarga beparvo bo‘lib qoladi bora – bora nojuya ishlarini ochiqchasiga qila boshlaydi. Bunday kishilarning taqdiri Payg‘ambarimiz alayhissalom aytganlaridek shunday ta'rif qilinadi. “Ummatim orasida gunohni oshkoro bajaruvchilardan boshqalari salomat qoluvchilardir”. Bu borada xalq maqollari orasida – “Ori yo‘qning ohori yuq”, - “Hayo ketdi – balo yetdi “kabi hikmatli so‘zlar ham bordir. Opa-singillarimizni, jajji qizoloq va qizlarimizni hayoli bo‘lishida bizlar mas'ulmiz!
Sh. Hakimova - Oqdaryo tuman bosh otinoyisi
Kiritilgan vaqti: 09/07/2020 08:18; Ko‘rilganligi: 1011
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 13:47