O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Har-xil fitna-fasodlarni qo‘zg‘atib, insonlarni tashvishga solish o‘rniga, tinchlik-xotirjamlikka shukr qilib, tinchlikni asra-avaylab, tichlik parvar g‘oyalarni targ‘ib etish lozimdir.

 
 

Hozirda turli firqalar chiqib, Qur'oni karimdagi “Jihod” so‘zini o‘zlari ilgari surayotgan g‘oyaga erishish maqsadida noto‘g‘ri talqin qilishmoqda. Ular to‘liq ilmiy saviyaga ega bo‘lmagan yoshlarning soddadilligadan foydalanib “Jihod-muqaddas urush”, degan tushunchani targ‘ib qilib, nohaq qon to‘kilishlarga sababchi bo‘lmoqda. Turli mamlakatlarda “Jihod” niqobi ostida qo‘poruvchilik harakatlari sodir etilmoqda. Jihod so‘zi arab tilidan tarjima qilinganda g‘ayrat qilmoq, harakat qilmoq, intilmoq, zo‘r bo‘lmoq, bor kuchini sarflamoq, kurashmoq, mehnat qilmoq kabi ma'nolarni anglatadi.

Uning istilohiy ma'nosida imom Rog‘ib: “Dushmandan himoyalanishda qo‘li, tili yoki kuchi bilan g‘ayrat qilishidir”, - deydi. Islom diniga so‘z bilan da'vat qilish yoki farzandni ota-onasi xizmatida bo‘lishi ham jihod hisoblanadi. Uqbo ibn Omir (r.a)dan rivoyat qilingan hadisda Nabiy (s.a.v) “Haqiqiy mushohid Alloh taoloning toati yo‘liga nafsi bilan kurashgan kishidir”, - dedilar (Termiziy rivoyati) shuningdek, Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda: “Bir kuni Rasululloh (s.a.v)ga: “Men jihodda qatnashmoqchiman”,-dedi. U zot: “Ota-onang bormi?” deb so‘radilar “Ha”, deb tavob qildi u kishi shunda Payg‘ambar (s.a.v): “Ularning huzuriga borib, yordam ber, xizmatini qil! Shu sening jihotingdir”, dedilar.” Shundan kelib chiqib, farzandning ota-onaga qigan hizmati ham jihod bo‘lishi mumkin degan xulosa bo‘ladi. Islom tarixidan ma'lumki, Payg‘ambar (s.a.v)ning g‘azotlarining asl mohiyati, asosan, ikkita g‘oyani ilgari surilgan: birinchisi, bosqinchi dushmanninng musulmonlarga qarshi hujumlariga javob berish uchun bo‘lgan mudofaa janglari, ikkinchisi, dushman tomondan kutilajak tajavvuzning oldini olish maqsadida kurilgan harbiy tadbirlar. Suriyalik mashhur hanafiy olim Ramazon Butiy “al-Jihod fi-l-islom, kitobida shunday deydi: “Rasululloh (s.a.v) Makkadan Madinaga hijrat qilganlaridan so‘ng, ilk islom davlvti yuzaga keldi. Uning rahbari Rasululloh (s.a.v) edilar. Bunda musulmonlar tomonidan olib borilgan jihodlar yov bostirib kelganda himoya maqsadtda yoki dushman tomonidan hujum xavfi bo‘lganda unga qarshi borish uchungina yuz berganini  ko‘rish mumkin”. Shayx Abdulaziz Mansur bunday deganlar: “Agar “Jihod” islom davlatini qurish uchun yoki insonlarni dinga kirishga majburlash uchun joriy etilgan edi, Rasululloh (a.s)ning o‘zlari bu borada namuna ko‘rsatgan bo‘lar edilar. Ya'ni, u zot birinchi bo‘lib Makkadagi mushriklalning kattalari bilan urishgan, islom davlvtini barpo etish uchun jihod qilgan bo‘lar edilar. Biroq Payg‘ambarimiz a.s bunday yo‘l tutmadilar aksincha, musulmon jamiyati tinch yo‘l bilan, tabiiy ravishda yuzaga kelgach, uning himoyasi uchun jihodga chiqqanlar.”

Imom Dindiyr o‘zining “Aqrob al-masalik” degan asari “jihod” bobini shariat ilmlarini tarqatish, yaxshi ishlarga buyurish va yomon ishlardan qaytarish vojib ekanini tushuntirish bilan boshlagan. Islom ulamolari, musulmonlar emin-erkin yashayotgan, musulmonchilik ko‘rinishlari amalda namoyon bo‘layotgan mamlakatlar “islom diyori ekanligi nuqtai nazari”dan “jihod” bu – o‘sha davlatlarning mudofaasi ekanligani ta'kidlashmoqda. Shubhasiz mazkur davlatlarda yashovchi musulmonlar o‘z mustaqil vatani dahlsizligi va mudofaasi uchun tayyor turishi shariat nuqtai nazaridan vojibdir. Demak, ushbu diyorlarda har-xil fitna-fasodlarni qo‘zg‘atib, insonlarni tashvishga solish o‘rniga, tinchlik-xotirjamlikka shukr qilib, tinchlikni asra-avaylab, tichlik parvar g‘oyalarni targ‘ib etish lozim.  

Alloh taolo yurtimizni tins osmonimizni musaffo qilsin



Jahongirxon Abrorov manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 18/05/2022 15:04;   Ko‘rilganligi: 304
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/har-xil-fitna-fasodlarni-qozgatib-insonlarni-tashvishga-solish-orniga-tinchlik-xotirjamlikka-shukr-qilib-tinchlikni-asra-avaylab-tichlik-parvar-goyalarni-targib-etish-lozimdir
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 05:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing