O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Hanafiy-Moturidiy mazhabida kalom ilmini o‘rganishda mutaqoddim Samarqand ulamolarining manhaji

 
 

Hanafiy-Moturidiy mazhabi Sayful-Haq (Imom Abul-Mu'in Nasafiy) rohimahulloh davridan keyin Buxora madrasasidan istifoda olishlik bilan bir qatorda umumiy tarzda Samarqand madrasasi fikrlari ustida qaror topadi. Muta'axxir ulamolarning nazdida bu ikki madrasa o‘rtasida bildirilgan fikrlar va aytilgan gaplar ichida Samarqand madrasasining so‘zi rojih (ustun) hisoblangan.
1 – “Al-Jumal min usulud-din” – Imom Abu Salama Samarqandiy rohimahulloh. Ushbu kitob bir necha muhim masalalarni ziyoda qilish bilan “Tavhid” kitobining muxtasariga o‘xshaydi.

2 – “Tamhid” – Imom Sayful-Haq Abul-Mu'in Nasafiy rohimahulloh. Ushbu kitob imomning “Tabsiratul adilla” asariga xulosa hisoblanadi va ushbu kitobga ikkita sharh bitilgan: Imom Sig‘noqiy rohimahullohning “Tasdid” asari (bu kitob haqida quyida to‘xtalamiz) va Imom Bag‘obakiy rohimahullohning yozgan sharhlari. Bu sharh barcha uchun juda foydalidir.
3 – “An-Nur ul-Lome'” – Imom Abu Shujo Nosiriy rohimahulloh. Bu kitob Imom G‘aznaviyning “Aqidatut Tahoviyya”ga yozgan sharhi, “Mabohisul kalomiyya fi-taqvimil adilla”, “Tabsiratul adilla” va bir qancha asarlardan muhim ta'villarni jamlagan.
4 – “Tabsiratul adilla” – Imom Sayful-Haq Abul-Mu'in Nasafiy rohimahulloh. Ushbu kitob imomdan oldin o‘tgan Samarqand ulamolarining kitoblariga (bu kitoblarning askari bizgacha yetib kelmagan) xulosa hisoblanadi. Shuningdek, Hidoyat imomi Abu Mansur Moturidiy rohimahullohning tahqiqotlarini markazlashtiruvchi asar sanaladi. Buni imomning o‘zlari bayon qilib aytganlar.
5 – “Sharhu Ta'vilot” – Imom Sayful-Haq Abul-Mu'in Nasafiy rohimahulloh. Ushbu kitobni Imom Alouddin Samarqandiy rohimahulloh jamlaganlar. Bu kitob “Tabsiratul adilla” asaridan so‘ng mazhabning eng ahamiyatli asari hisoblanadi. O‘z ichiga boshqa kitoblarda uchramaydigan dalillar va kalom ilmiga doir foydalarni olgan. Shuningdek, “Tabsiratul adilla” asarida batafsil to‘xtalinmagan kalom ilmiga doir masalalarni yoritib beradi.
6 – “Tasdid fiy sharhi Tamhid” – Imom Husomiddin Sig‘noqiy rohimahulloh. Ushbu kitob Imom Sayful-Haq rohimahullohning davridan Imom Nuriddin Sobuniy rohimahulloh, Sayyid Nosiruddin Samarqandiy rohimahulloh va Imom Hamiduddin Dorir rohimahulloh kabi mutaaxxir ulamolarning davrigacha bo‘lgan tahqiq qilingan masalalarni jamlagan.
7 – “Tavhid” – Hidoyat imomi Abu Mansur Moturidiy rohimahulloh.
8 – “Ta'vilotu ahli sunna” – Hidoyat imomi Abu Mansur Moturidiy rohimahulloh.

Xayrulloh domla Sattarov Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 02/11/2021 05:51;   Ko‘rilganligi: 521
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/hanafiy-moturidiy-mazhabida-kalom-ilmini-organishda-mutaqoddim-samarqand-ulamolarining-manhaji
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 09:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing