O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Gunohni butunlay tark qiling

 
 

Ba'zida inson gunoh qilib qo‘yadi. Shunda iymoni unga buni qaytib qilmaslikka buyuradi. Shaytoni esa undan yana bir marta lazzatlanib, keyin butunlay tark etishiga chaqiradi. Inson uning gapiga kirib, o‘sha gunohni yana bir bor qiladi. Shayton-chi?! U to‘xtamaydi. Yana va yana kelib, haligi gunohga undayveradi, uning “yana bir gal”i tugamaydi. Oxir oqibat tavba keyinga surilib qolib ketadi.

Ha, shaytonning mo‘minlarni tuzoqqa tushirish yo‘lida ishlatgan xatarli hiylalaridan biri mana shu, ya'ni ular gunohlarni butunlay tark etishlariga yo‘l qo‘ymasligidir. Balki, o‘sha gunohlarni ziynatli ko‘rsatib, qalbda hasrat qolmasin deya yana bir bor qilib ko‘rishlari, takror qo‘l urib, keyin tavba qilsa bo‘lishini qalbiga soladi. Shu bois gunoh qilgan inson uchun munosib yo‘l shuki, nafsiga qattiq bosim o‘tkazib bo‘lsa-da, o‘sha gunoh ishni darrov tark qilimog‘i lozim.

Shayx Tahonaviy rahmatullohi alayh aytganlar: “Bu o‘ta xatarli aldovdir. Chunki mo‘min kishi iymoni va taqvosi tufayli ma'siyat yaqiniga borishga jur'at qilmaydi. Lekin, agar biror gunohni bir marta qilib ko‘rsa, undagi ma'siyatlarni to‘sib turgan iymoniy otash o‘chadi. Shu bilan u boshqa va boshqa gunohlarga qo‘l ura boshlaydi. Ma'siyat hech qachon insonni to‘ydirmaydi. Inson gunohni yana qayta qilish bilan undan to‘ygani yoki zerikkanidan tark qilishga bormaydi. Balki, ma'siyatning tabiati, u yoniga boshqa ko‘pgina gunohlarni chaqiradi. Uni teridagi qo‘tirga o‘xshatish mumkin. Inson uni qashlab rohatlanadi-yu, lekin bu qashlash qo‘tirlarni ko‘paytirib, kasallikni kuchaytirib yuboradi”.

Shayx Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahullohning asar va maqolalari asosida

Toshkent Islom instituti katta o‘qituvchisi Abdulhodiy G‘iyos tayyorladi.


Kiritilgan vaqti: 26/04/2023 09:56;   Ko‘rilganligi: 328
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/gunohni-butunlay-tark-qiling
Chop etilgan vaqti: 05/05/2024 19:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing