O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

G‘oyibona duo qilish

 
 

Cavol: Birovlarni ko‘p g‘oyibona duo qiladigan inson yaxshi inson bo‘ladimi yoki ko‘p g‘oyibona duo qilinadigan insonmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Albatta, ikkisida ham yaxshilik bor. Lekin hadisi shariflarda birovlarni g‘oyibona duo qilishga alohida targ‘ib qilingan.

Ummu Dardo raziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: Musulmon kishining birodari haqqiga qilgan g‘oyibona duosi qabul bo‘luvchidir, uning boshi ustida bir farishta turadi, qachon birodariga yaxshilik tilab duo qilsa, farishta: “Omiyn, senga ham o‘shancha bo‘lsin”, deydi (Imom Muslim rivoyati).

Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu: “Alloh yo‘lidagi birodarning duosi ijobat qilinadi”, deganlar. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.


Kiritilgan vaqti: 26/02/2024 15:10;   Ko‘rilganligi: 135
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/goyibona-duo-qilish
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 09:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing