FITNALARDAN SAQLANAYLIK
Fitna so‘zi arabcha so‘z bo‘lib sinov imtixon degan manolarni anglatadi, oltin va kumushlarni madandan ayirib tozalab olishga ham, fitna deyiladi insonning fitnadan salomat bo‘lishligi uning iymoni kufr va nifokdan salomat bo‘lganligiga dalolat qiladi. Eng katta fitna insonning dinida va iymonida fitnalanishidir. Keling, fitna xaqida kelgan ayrim oyat va hadislar bilan tanishaylik.
Alloh taolo baqara so‘rasining 191- oyatida
Shunday marhamat qiladi:
وَالْفِتْنَةُ أَشَدُّ مِنَ الْقَتْلِ ۚ
Fitnaqatl qilishdan ham yomonroqdir
Rosululloh s.a.v. Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadisda
الفتنة نائمة لعن الله من أيقظها
“Fitna uxlovchidir uni uyg‘otuvchisiga Allohning la'nati bo‘lsin”, deganlar.
Mo‘min musulmon kishi dinida fitnalangan vaqtida
Rasululloh sollollohu alayhi vasallamning ushbu hadislariga ergashishishligi lozim bo‘ladi.
“Ummatim 73 firqaga bo‘linib ketadi ularning hammasi do‘zaxtadir ammo bir toifasi bundan mustasnodir ey Allohning raso‘li u qanday toifa deyishti Roso‘lo‘lloh aytdilar ular men va sahobalarim yo‘lini tutgan kishila”, dedilar
Payg‘ambar alayhissalom hadislarida aytganlari kabi Rosululloh hamda as'hoblarining tutgan yo‘llarini fitnachilarning bid'at, hurofotlaridan qanday osonlik bilan ajratib olish mumkin, albatta bu uchun kishida ulkan ilm hamda salohiyat bo‘lishligi lozim, lekin har bir mo‘min musulmon kishi ulamolarga hos bo‘lgan bunday salohiyatli ilmni egallashi imkoni yo‘q. Rosulullohning sollollohu alayhi vasallam
Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadisda albatta ummatim zalolat ustida jam bo‘lmas, qachonki ixtiloflarni ko‘rsangizlar katta jamoani o‘zlaringizga lozim tutinglar dedilar ulamolar katta jamoadan maqsad bu Rosululohning sunnatlarini lozim tutganlar ya'ni ahli sunna val jamoa deb aytishadilar, haqiqatdan ham e'tibor qilib qaraydigan bo‘lsak dunyo musulmonlarning juda ham katta qismini ahli sunna val jamoa mazhabiga etiqot qiluvchilar tashil qiladi turli hil fitnalar chiqishiga sabab bo‘layotgan oqimlar vakillari soni nihoyatda kam va tarqoqdir, bundan ko‘rinadiki Allohning kitobi va Rosulullohning sunnatlarini yaxshi biladigan Rosulullohning merosxo‘rlari bo‘lmish ahli sunna val jamoa ulamolariga ergashishligimiz orqali dinimizni, iymonimizni, hamda millatimizni fitnalardan salomat saqlagan bo‘lamiz.
Alloh taolo barchamizni turli xil fitnalardan omonda bo‘lib islomda iymonda sobit qadam bo‘ladigan ahli solih bandalari qatorida qilsin.
Kattaqo‘rg‘on shahar Tegirmonboshi jome masjidi imom xatibi Mamasoliyev Nurbek
Kiritilgan vaqti: 11/07/2020 14:33; Ko‘rilganligi: 1019
Chop etilgan vaqti: 15/01/2025 21:20