O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Fitna qatl qilishdan ham yomonroqdir

 
 

Fitna so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “sinov”, “imtihon” degan ma'nolarni anglatadi. Oltin va kumushlarni ma'dandan ajratib, uni tozalab olishga ham, fitna deyiladi. Insonning fitnadan salomat bo‘lishligi uning iymoni kufr va nifokdan salomat bo‘lganligiga dalolat qiladi. Eng katta fitna insonning dinida va iymonida fitnalanishidir. Keling, fitna xaqida kelgan ayrim oyat va hadislar bilan tanishaylik.

Alloh taolo baqara so‘rasining 191- oyatida shunday marhamat qiladi:

 

وَالْفِتْنَةُ أَشَدُّ مِنَ الْقَتْلِ ۚ

Ya'ni: Fitna qatl qilishdan ham yomonroqdir

Rosululloh (s.a.v)  Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadisda

الفتنة نائمة لعن الله من أيقظها

Ya'ni: “Fitna uxlovchidir uni uyg‘otuvchisiga Allohning la'nati bo‘lsin”deb marhamat qilganlar.

Mo‘min musulmon kishi dinida fitnalangan vaqtida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning  quyidagit hadislariga ergashishligi lozim bo‘ladi:

Payg‘ambarimiz (s.a.v): “Ummatim 73 firqaga bo‘linib ketadi. Ularning hammasi do‘zaxtadir. Ammo bir toifasi bundan mustasnodir” - dedilar. Shunda “Sahobalar Ey Allohning rasuli u qanday toifa” deb so‘rashdi. Shunda Rosululloh (s.a.v): “Ular men va sahobalarim yo‘lini tutgan kishilardir” – deb javob berdilar.

Payg‘ambar alayhissalom hadislarida aytganlari kabi  Rosululloh hamda as'hoblarining tutgan yo‘llarini fitnachilarning bid'at-hurofotlaridan qanday osonlik bilan ajratib olish mumkin? Albatta bu uchun kishida ulkan ilm hamda salohiyat bo‘lishligi lozim. Ammo har bir mo‘min-musulmon kishi ulamolarga hos bo‘lgan bunday salohiyatli ilmni egallashining imkoni yo‘q.

Rosulullohning sollallohu alayhi vasallam Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadisda “Albatta ummatim zalolat ustida jam bo‘lmas, qachonki ixtiloflarni ko‘rsangizlar katta jamoani o‘zlaringizga lozim tutinglar” – dedilar.

Ulamolar katta jamoadan maqsad bu Rosululohning sunnatlarini lozim tutganlar  ya'ni “Ahli sunna val jamoa” deb aytishadilar. Haqiqatdan ham e'tibor qiladigan bo‘lsak dunyo musulmonlarining juda ham katta qismini ahli sunna val jamoa mazhabiga etiqot qiluvchilar tashil qiladi. Turli hil fitnalar chiqishiga sabab bo‘layotgan oqimlar hamda ularga ergashuvchilar soni nihoyatda kam va tarqoqdir. Bundan ko‘rinadiki, Allohning kitobi va Rosulullohning sunnatlarini yaxshi biladigan, u zotning merosxo‘rlari bo‘lmish ahli sunna val jamoa ulamolariga ergashishligimiz orqali dinimizni, iymonimizni, hamda millatimizni fitnalardan salomat saqlagan bo‘lamiz.

Alloh taolo barchamizni turli xil fitnalardan omonda bo‘lib islomda iymonda sobit qadam bo‘ladigan ahli solih bandalari qatorida qilsin.

   Kattaqo‘rg‘on shahar Tegirmonboshi jome masjidi imom xatibi Mamasoliyev Nurbek


Kiritilgan vaqti: 16/10/2021 10:32;   Ko‘rilganligi: 498
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/fitna-qatl-qilishdan-ham-yomonroqdir
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 07:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing