O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

FIRQALANISHDAN SAQLANISH

 
 

Bugungi kunda jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash naqadar muhim ekanligi barchamizga ma'lum. Inson har jihatdan xotirjamlikka erishsagina, hayotda ko‘p natijalarga erishadi. Ammo jamiyatda turli firqalanish, fitna – fasod, o‘zaro zulmkorlik, adovat, hiqdu hasad quziydigan bo‘lsa, bu jamiyatda rivojlanish bo‘lmaydi. Alloh taolo bandalariga hayotda nimaga amal qilsa, baxtli, saodatli yashashini tartibini belgilab bergan. Inson Alloh belgilab bergan nizomdan chetga chiqsa, boshiga qanchalar musibat va balolar kelishi tarixdan ibrat o‘laroq barchamizga ma'lum.

Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi: “Ey, imon keltirganlar! Allohga haqiqiy taqvo ila taqvo qiling. Va faqat musulmon holingizdagina dunyodan o‘ting. Barchangiz Allohning «arqoni»ni mahkam tuting va bo‘linib ketmang. Allohning sizga bergan ne'matini eslang: bir vaqtlar dushman edingiz, bas, qalblaringizni ulfat qildi. Uning ne'mati ila birodar bo‘ldingiz. Olovli jar yoqasida edingiz, undan sizni qutqardi. Shunday qilib, Alloh sizga O‘z oyatlarini bayon qiladi Shoyadki, hidoyat topsangiz”. (Oli-Imron surasi 102-103)

Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu haqiqiy taqvoni: “Allohga itoat etib, isyon etmaslik, uni eslash va unutmaslik, unga doimo shukr qilib, kufr keltirmaslik”, deb ta'riflaganlar.

Alloh taolo mana shu oyatda barcha ishlarimizni O‘zi buyurganidek qilishimizni, qaytarganlaridan qaytishimizni amr etib, hayotimizni O‘zining kalomi Qur'onga muvofiq yashashimiz buyurmoqda. O‘zaro qirpichoq bo‘lmasligimizni, ahl bo‘lishimizni buyurmoqda. Allohning ne'mati ila musulmon bo‘lganimizni unutmasligimiz eslatmoqda. Agar Alloh taolo holimizni o‘nglamasa, ne ne musibatlarga mubtalo bo‘lishimizni uqtirmoqda.

Yuqorida keltirilgan oyatdan ma'lum bo‘ladiki, insonlar ikki dunyoda saodatda yashashi uchun o‘zaro ahillik va birdamlikda hayot kechirishi, fitnalardan saqlanmog‘i, bir – birini kechishrishi, do‘stu – birodar bo‘lishi zarur.

Alloh taolo tinchligimizni barqaror qilsin. O‘zaro hamjihatlikda hayot kechirib, oxiratda saodatli bo‘lmoqlikni barchamizga nasib etsin. Fitnalar va firqalanishdan O‘zi saqlasin.

Ravshanov Sarvar Narpay tuman "Tepa" jome masjidi imom-xatibi 


Kiritilgan vaqti: 19/10/2023 16:04;   Ko‘rilganligi: 150
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/firqalanishdan-saqlanish
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 01:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing