Farzand tarbiyasida ismning ahamiyati
Har bir kishi turmush qurgandan keyin farzandli bo‘lgisi keladi. Bu farzandni bozori ham bahosi ham bo‘lmaydi. Inson farzandli bo‘lgandan keyin unga chiroyli ism qo‘yib aqiqasini qilib berishlik har bir ota-onaning vazifasi hisoblanabi. Ayniqssa otalar bolasining tarbiyasi bilan alohida shug‘ullanishi kekakki chunki qiyomatda otalar farzandlardan so‘raladi. Birinchi o‘rinda farzandi uchun yaxshi ona tanlagandan keyin unga yaxshi bir ism qo‘yishlik va qo‘ygan ismidan kelajakda o‘zi ham bolasi ham uyalmasligi lozimdir. Xozirgi kunimizda ba'zan odamlar bolalariga qaysidir mashhur kishilarni ismini qo‘yayotganini guvohi bo‘lib qolamiz. Bu albatda yaxshi agar bizning dinimizga va millatimizga to‘g‘ri kelsa. Agar to‘g‘ri kelmasa, bunaqa ishlarni qilmaganimiz ma'qul. Misol uchun o‘g‘il bolalarga “Ranaldo”, “Messi” qizlarga “Luiza”, “Klara” va shunga o‘xshash ismlar bizlar uchun begona va nomunosibdir.
Payg‘ambarimiz (sav) “Ismlarning yaxshisi Allohning quli degani (Abdulloh, Abdurahmon va shunga o‘xshash) ismlarning rostrog‘i “G‘ayratli”, “Dehqon” deganidir”, deb marhamat qilgandar. Demak ism qo‘yishlik ham bizlar va farzandlarimiz uchun va ularning tarbiyasida juda muhim o‘rin tutadi. Bir kishi hazrati Umar r.a ni oldilariga kelib farzandini itoat qilmayotgadan shikoyat qiladi. Uni oq qilmoqchi ekanligini aytgan. Shunda bolasi: “otam menga Qur'onni ta'lim bermagan, yaxshi ism qo‘ymagan va haligacha qulog‘imga azon ayttirmagan” deb aytadi. Shunda hazrati Umar r.a “sho‘ring qurg‘ur bolang seni oq qilibdiku” deydilar. Shunday ekan farzandning kelajagi uchun yaxshi va o‘ziga munosib ism qo‘yishlik kerak. Bundan tashqari bolalarimizga qisqa va o‘zimizning millatimizga xos bo‘lgan ismlarni qo‘ysak ham bo‘ladi. Tarixda yashab o‘tgan solih kishilarning ismlari va payg‘ambarbarlarning ismlarini qo‘yishlik ham durust bo‘ladi. Arabistonda Muhammad ismli bir kishi o‘g‘irlik qilib, qo‘lga tushadi. Shunda do‘kon egasi uni qo‘yib yuboradi. Sababini so‘raganda “Muhammad o‘g‘irlik qilibdi degan nom yaxshi emas” deb javob bergan ekan. Uzun va ma'nosiz ismlardan saqlanmog‘imiz kerakki, bu o‘zimiz, bolalarimiz va boshqalar uchun aytishlikka qiynalishmastliklari uchundir. Xitoyda bir bola o‘zining uzun ismidan faxrlanar va boshqalardan o‘zini ustun tutib “meni ismim hammmaning ismidan uzun va boshqalarda bunaqa nom yo‘q” deb maqtanar edi. Bir kun hovuzga tushub ketib, cho‘kayotganini xabarini berish uchun uni ismini bolalar ota onasiga harfma- harf aytganlaricha bola cho‘kib o‘libdi. Har bir bola o‘z ismidan qoniqish hosil qilmog‘i va ota-onasidan katta bo‘lganda “nimaga menga yomon ism qo‘ydingiz” deb nolimasliklari uchun ota-onalar farzandlarining tarbiyasiga va ularning ismlariga ahamiyat berishi lozimdir.
Qodirov Usmon
Kattaqo‘rg‘on tumani "XO‘JA JARROH" jome masjidi imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 22/10/2020 15:09; Ko‘rilganligi: 1687
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:36