O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Farzand tarbiyasi – nozik masala

 
 

Farzandlarning go‘zal axloqli va chiroyli tarbiyali bo‘lishida har bir ota-ona farzandi haqiga qiladigan yaxshi duolari katta ahamiyatga ega. Chunki ota-onaning farzandi haqiga qilgan duosi mustajobdir. Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Uch kishiningi duosi qabuldir: otaning farzandiga qilgan duosi, mazlumning duosi va musofirning duosi”, deganlar. Shunday ekan, ota-ona bunday ne'mat va imkoniyatdan unumli foydalanishi va farzandlarining solih va komil inson bo‘lib voyaga yetishini Allohdan so‘rashi lozim. Shu bilan bir qatorda ota-ona farzandi haqiga yomon duo qilib qo‘yishdan extiyot bo‘lish kerak.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: “Avlodlaringizni,

  • Birinchidan: “Allohni sevadigan qilib tarbiyalarnglar...”. Chunki Alloh uni yo‘qdan bor etib, ota-onani uning dunyoga kelishiga sababchi qildi va ularning qalblariga farzand mehru-muhabbatini soldi. Agar Alloh taolo farzand muhabbatini qalbga solmaganida, uni bag‘riga bosib erkalamasdi, rahm-shafqat qilmasdi, ko‘chaga tashlab ketgan bo‘lardi. Shuning uchun farzand Allohni sevib, unga shukurlar qilishi lozim.
  • Ikkinchidan: “Allohning Rasulini sevadigan qilib tarbiyalanglar...”.Chunki Alloh taolo Rasulullohni (sollallohu alayhi va sallam) xalq orasidan tanlab olib, xalqqa Payg‘ambar qilib yuborgan. Qur'ona karimning Anbiyo surasi 107-oyatida ul zotni “Biz sizni (butun) olamlarga rahmat qilib yuborganmiz”, deyilgan. Payg‘ambarimiz insonlarga ota-onasidan ham mehribonroq bo‘lgan, dunyodagi barcha yaxshiliklarni o‘rgatgan zot, butun dunyo ahlining ustozi sanaladi;
  • Uchinchidan: “Allohning kitobini sevadigan qilib tarbiyalanglar...”. Chunki bu kitob insoniyatni hidoyatga chorlaydi.

Shuningdek, farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy to‘plagan hadislar, Naqshbandiy ta'limoti, Termiziy o‘gitlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya qilmog‘imiz maqsadga muvofiqdir.

 M. Qarshiyeva - Samarqand shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi


Kiritilgan vaqti: 26/11/2022 10:16;   Ko‘rilganligi: 1007
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/farzand-tarbiyasi-nozik-masala
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing