O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

FAR'IY MASALALARDAGI XILOF

 
 

Far'iy masalalarda xilofning bor ekani haqdir. Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalarining davrida ham va u zotlardan keyin kelgan, salafi solihlar, deb tanilgan zotlarning davrida ham bu narsa sodir bo‘lgan. Biroq, ushbu xilof ularni nizolashishiga, xusumatlashishiga, janjallashishiga yoki ittihom, zalolat va kufr bilan ayblashiga olib bormagan. Bu ishda hech shak-shubha yo‘qdir. Far'iy masalalardagi xilof «zonniy dalillar» yoki «bir-biriga teskari dalillar» yoki u ikkisidan boshqa dalillar ustiga qoim topadi. Bularning barchasi bir qoida asosiga ko‘ra bo‘ladi: «Bizning so‘zimiz to‘g‘ri, xato ehtimoli bo‘lishi mumkin. Boshqalarning so‘zi to‘g‘ri bo‘lish ehtimoli bor».

Bugungi kunda ahli sunnaning ba'zi kishilari tomonidan «dalili zonniy» va «dalolati zonniy» bo‘lgan zonniy dalillar ustida qoim topgan far'iy masalalarda qilayotgan ixtiloflariga «to‘g‘ri yoki xato» va «haq yoki botil» deyishdan boshqasi bo‘lmasligi kerak! Alloh toyilishdan O‘zi asrasin!

«Muhiqqut taqovvul fi mas'alatit tavassul» asarining muqaddimasidan 8-B, Shayx Vahbiy Sulaymon G‘ovchi rohimahulloh

Xayrullo domla Sattarov
Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 11/02/2022 07:49;   Ko‘rilganligi: 905
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/fariy-masalalardagi-xilof
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 04:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing