O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Yetmish uch firqaning chiqishiga asos bo‘lgan olti firqa

 
 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Yahudiylar yetmish bir yoki yetmish ikki firqaga bo‘lindilar. Nasorolar yetmish bir yoki yetmish ikki firqaga bo‘lindilar. Mening ummatim esa yetmish uch firqaga bo‘linadi», dedilar».

Boshqa bir rivoyatda:«Yetmish ikkitasi do‘zaxda, bittasi jannatda. U – jamoatdir» iborasi ziyoda qilingan[1].

Ushbu hadisda va shu ma'nodagi boshqa hadislarda zikr qilingan firqalardan murod aqiydaviy firqalardir, bu yerda fiqhiy mazhablar nazarda tutilmagan. Fiqhdagi ixtilof, sirtdan xilof bo‘lib ko‘ringan narsa aslida bir narsani ado etishning turli ko‘rinishlaridir. E'tiqoddagi bo‘linish esa firqachilik deb nomlanadi. Ba'zi firqalar boshqasini kofirga chiqaradi. Firqalarning kelishmovchiliklari tavhid asoslari, qazoi qadar, Payg‘ambarlik shartlari kabi masalalarda bo‘ladi. Aqiyda kitoblarida ana o‘sha firqalarning asosini quyidagi olti firqa tashkil etishi aytilgan: 

  1. Rofizalar – shialar va ularga tobe'lar. 
  2. Jahmiya – Jahm ibn Safvonning aqiydaviy firqasiga ergashganlar. Ular asosan Alloh taoloning sifatlarini yo‘qqa chiqarish, amaldan qoldirish bilan mashhur bo‘lganlar. 
  3. Haruriya – Xavorijlardan bo‘lib, Kufa yaqinidagi Haruro degan joyda turganlar. Ular gunohkor mo‘min do‘zaxda abadiy qoladi, gunohi kabira qilgan mo‘min esa kofirdir, deydilar. 
  4. Murji'alar – «Kalimai tavhidni til bilan aytib, dil bilan tasdiqlasa bo‘ldi, amalning keragi yo‘q», deganlar. 
  5. Qadariya – qazoi qadarni inkor qiladiganlar. 
  6. Jabriyalar – «Inson hamma ishlarini majbur holda qiladi, uning ixtiyori yo‘q», deganlar.

Bobobek Abdurahimov, Samarqand shahar Qoraboy Oqsoqol jome masjidi imom-xatibi

[1]Abu DovudvaTermiziyrivoyatqilishgan.


Kiritilgan vaqti: 30/01/2023 12:27;   Ko‘rilganligi: 372
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/etmish-uch-firqaning-chiqishiga-asos-bolgan-olti-firqa
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 09:06
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing