O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

E'TIROF – MAS'ULIYATDIR

 
 

Yaratganga behisob shukronalarimiz bo‘lsinki, taraqqiyotimizning yangi davrida xalqimiz uchun imkoniyatlar eshigi yanada keng ochilmoqda. Allohning xalqimizga bergan ulug‘ ne'matlari, baxt-saodatning cheki-chagarasi yo‘q. Mamlakatimizda din sohasiga ko‘rsatilayotgan ijobiy ta'sirlar yanada ulkan bo‘lmoqda. Muhtaram Prezidentimiz rahnamoliklari va g‘amxo‘rliklari natijasida mamlakatimizda din sohasi jadal rivojlanib, ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda oilada, jamiyatda va ijtimoiy hayotda ayollarning faolligi yanada oshib bormoqda. Ayniqsa, xotin-qizlar orasidagi ma'naviy-ma'rifiy ishlarda ularning o‘rni katta bo‘lmoqda. Jumladan, diniy ma'rifat va axloqiy tarbiyani ayol-qizlarga yetkazishda otinoyilarning ham munosib o‘rni bor, albatta.

Davlatimiz rahbarining shaxsan tashabbuslari bilan ayol-qizlarning iymon-e'tiqodini mustaxkamlash hamda diniy savodxonligini oshirish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mana shunday ezgu ishlarning natijasida otinoyilarga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Joriy yilning 3-8-oktyabr kunlari davomida O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi qoshidagi malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman/shaharbosh otinoyilari uchun “Yangi O‘zbekistonningTaraqqiyotstrategiyasiniamalgaoshirishdadiniy-ma'rifiysohaxodimlariningoldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishida 36 soatlikmalaka oshirisho‘quvlariningtashkil etilishi ham so‘zimizning yaqqol tasdig‘i desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘quv mashg‘ulotlari ikki bosqichda tashkil etilgan bo‘lib, nazariy, joylarda amaliy mashg‘ulot va seminar-treninglarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosarlari, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita a'zolari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlarining jalb etilishi o‘quv soatlari sifati va samarasini ta'minlashda bosh omillardan biri bo‘ldi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

O‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari, tinglovchilarning Islom sivilizatsiyasi markazi, Shahidlar xiyoboni, O‘zbekiston Yangi bog‘i bo‘ylab sayohatlar uyushtirilishi ham biz otinoyilarning kamtarona xizmatimizga bo‘lgan yukasak e'tiborning namunasidir.

Barcha tashkiliy ishlar uchun shaxsan mamlakatimiz Prezidentiga, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga, xalqaro islom akademiyasi qoshidagi malaka oshirish markazi rahbariyatiga, O‘zbekiston musulmonlari idorasiga va xotin-qizlar bo‘limiga o‘zimizning chuqur minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Umid qilamizki, bu kabi o‘quvlar bundan keyin ham tez-tez tashkil qilinadi. Bu kabi g‘amxo‘rlik va e'tibor biz otinoyilarga o‘z oldimizda turgan vazifalarni sidqidildan amalga oshirishimizda  yanada ko‘proq kuch bag‘ishlaydi, ilhom beradi, mas'uliyatimizni oshiradi. Zero, e'tirof – bu mas'uliyatdir.

 N. Temirova Samarqand viloyati bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi


Kiritilgan vaqti: 12/10/2022 13:47;   Ko‘rilganligi: 625
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/etirof-masuliyatdir
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 07:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing