Erta nikohning salbiy oqibatlari.
Alloh taolo barcha yaratgan mavjudot va maxluqotlarini juft qilib yaratganidek, insonlarni ham juft jufti bilan yaratdi. Erkak va ayol hayotda birga yashashlari uchun esa, ularning o‘rtasida nikohlanishni shart qildi. Alloh taolo o‘zining kalomida shunday marhamat qiladi: “Uning alomatlaridan (yana biri) – sizlar (nafsni qondirish jihatidan) taskin topishingiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratgani va o‘rtangizda inoqlik va mehribonlik paydo qilganidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan kishilar uchun alomatlar bordir” (Rum surasi 21-oyat).
Demak, nikoh tufayli erkak va ayol o‘rtasida ko‘pgina yaxshilik va inoqlik poydo bo‘lar ekan. Nikohning ham o‘ziga yarasha shartlari va qoidalari mavjud. Mana shu shartlarga amal qilinsagina yuqorida aytilgan yaxshiliklarga erishiladi.
Oila qurishni maqsad qilgan kishilar avvvalo oila qurishga tayyor bo‘lishlari lozim. Oilani boshqarish, ta'minlash va hakozo. Lekin hozirgi paytda hayotga tayyor bo‘lmagan yoshlarni oila qurishlari ko‘pgina muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ham jismonan va ham ma'nan oila qurishga tayyor bo‘lmagan yoshlar nima qilish haqida hayotiy tajribaga ham ega emas. Shu sababli oilaviy nizolar, ajralishlar, tirik yetimlar ko‘paymoqda. Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam hadislarida: “Erlariga mehribon, farzand ko‘ra oladigan ayollarga uylaninglar. Chunki, men qiyomat kuni sizlarning ko‘pligingiz bilan boshqa ummutlar oldida maqtanaman” deganlar. Yosh yigit va qizlarimizni hayotga va oilaga tayorlab borish ota onaning burchi hisoblanadi. Jamiyatimizning kelajagi bo‘lgan avlodlarni har tamonlama yetuk bo‘lishligi oila qurayotgan yoshlarga bog‘liq.
Aytilganidek,”Farzandlari baquvvat yurt yengilmas”. Yigitmi qizmi, voyaga yetib qoldi, uylantirishim yoki chiqarishim kerak degan fikrdan oldin, ularni ertaga kelajagi qanday bo‘ladi, nima kasb qiladi degan fikr bo‘lishi va ularni bilimli, ma'rifatli bo‘lishlari uchun qayg‘urishimiz kerak. Ilmli bo‘lsa, yaxshi joyda ishlasa biror bir yigit bo‘lsin qiz bo‘lsin, oilasiz qolgani kamdan kam uchraydi. Shoshilmaylik azizlar, farzandlarimizni oq yuvib, tarab voyaga yetgan vaqtda o‘ylab ish qilaylik. Farzandlarimizga tarbiya berishda avvalo o‘zimiz o‘rnak bo‘laylik. Ayniqsa qizlarimizga oilada ro‘zg‘or tutish, erga munosabat, qaynona va qaynotani hurmat qilish ta'lim va odoblarini o‘rgataylik.
Alijon Yaqubov - Ishtixon tuman bosh imom xatibi
Kiritilgan vaqti: 12/10/2020 11:06; Ko‘rilganligi: 831
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 14:38