O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Ekstremizm va terrorizmning uzaro boglikligi, fukarolarda bu illatlarga karshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish.

 
 

XX asrning ikkinchi yarmi –XXI asrning boshiga kelib diniy fundamentalizm, ekstremizm va terrorizm muammosi dunyodagi barcha davlatlar uchun kata tahdidga aylandi.

Shu bois, bu mavzuni tadkik etish tobora kuchayib bordi. Tadhihotlar natijasida ko‘plab terminlar paydo bhldi. Masalan, fundamentalizm, islomizm, panislomizm, salafizm, xalifalik, fanatizm,radikalizm, ekstremizm, terrorizm, shahidlik kamari, kamekadze,jihod,takfir va boshqalar.

Ular ichida eng asosiylari fundamentalizm, fanatizm, ekstremizm va terrorizmdir. Qolgan terminlar mana shu to‘rt termindan birining sinonimii hisoblanadi.

Mazkur terminlarni mazmun jixatidan uch kismga ajratsa bo‘ladi: g‘oya, holat va usul. Ya'ni, yuqoridagi terminlarning ba'zilari g‘oya vazifasini o‘taydi, ba'zilari esa holatni ifodalaydi, ba'zilari usulni bildiradi.

Masalan: Fundamentalizm – bu g‘oya. Fundamentalizm deganda islomning ilk davri va ilk manbalariga qaytishni targ‘ib qilish tushuniladi. Fundamentalizmga yaqin tushunchalar sirasiga islomizm,panislomizm, salafizm, xalifalik kiradi.

Fanatizm esa xolatni ifodalaydi. Ya'ni, fundamentalizm g‘oyasi ta'siriga tushganlar ko‘pincha fanat va mutaassib bo‘ladi. Fanatizmga yaqin tushunchalar sirasiga mutaassib, akidaparast, radikalist kiradi.

Ekstremizm va terrorizm esa harakat usulini ifodalaydi. Bular g‘oya va holat egalarining kurash usullarini bildiradi. Ekstremizm va terrorizmga yaqin tushunchalar sirasiga jixod, shaxidlik kamari, kamikadze, takfir kiradi.

Demak, Fundamentalizm – bu g‘oya, Fanatizm - bu holat, Ekstremizm va terrorizm esa usullardir. Boshqa terminlar mana shulardan birining sinonimi hisoblanadi.

Fundamentalizm, ekstremizm va terrorizm bir-biri uchun zinapoya, bir-birining davomidir. Boshqacha aytganda, fundamentalizm ekstremizm uchun boshlag‘ich bosqich bo‘lsa, fundamentalizm va ekstremizm birgalikda terrorizm uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Dunyoda diniy ekstremistik tashkilotlar juda kup. Ularning ba'zilari fundamentalistik xisoblansa, ba'zilari ekstremistik, bazilari terroristik deyiladi. Masalan, Tabligchilar yunalishi fundamentalistik, Xizbut-taxrir ekstremistik, Uzbekiston islom xarakati terroristik tashkilot xisoblanadi, chunki ularda usha jixat asosiy urin tutadi.

Endi yukoridagi terminlar xakida olimlarning fikrlarini keltirsak.

  1. Fundamentalizm. Fundamentalizm deganda, dinning eng ilk davridagi shakliga kaytish, keyinchalik paydo bo‘lgan o‘zgarishlarni, zamon va shart-sharoitlarga qarab qabul qilingan diniy qoidalarni inkor etish tushuniladi. Tojikistonlik olim I.Abdirov fikricha diniy fundamentalizm - bu diniy negizlarga qaytish uchun harakatdir, dastlabki vaqtdagi diniy amallarni himoya qilishdir.

Rossiyalik ekspert G.Mirskiy fikricha, fundamentalizm - bu e'tiqodning boshlang‘ich asoslari, manbalariga, dinning dastlabki vaqtdagi sofligiga kaytish uchun da'vatdir.

Diniy fundamentalizm deganda ikkita ma'no tushuniladi: biri dinning ilk davridagi asl holatiga qaytish, ikkinchisi islomning asl manbalariga qat'iy va harfma-harf rioya qilish.

Shu yerda alohida ta'kidlash lozimki, o‘zbek tilida fundamentalizm o‘rnida ko‘pincha aqidaparastlik termini ishlatiladi. Bu biroz notug‘ri. O‘zbek tilida fundamentalizm so‘zining ekvivalenti sifatida «asliyatparastlik» terminini ishlatish maqsadga muvofiq.

Fundamentalistlar deganda arab dunyosida «usiliyyun» suzi ishlatiladi. Bu asliyatchilar, asliyatparastlar degan ma'noni beradi.

  1. Fanatizm.«Fanatizm fransuzcha va lotincha fanatisme, fanaticus so‘zlaridan olingan biror e'tiqod yoki qarashga o‘ta berilganlik, boshqa qarashlarga toqat qilolmaslik ma'nosini anglatadi.

O‘zbekistion milliy ensiklopediyasida shunday yoziladi: «Mutaassiblik, fanatizm - biror e'tiqodga yoki dunyoqarashga o‘ta berilganlik, boshqa hech qanday qarashlarni qabul qilmaslikdir.

Islom ensiklopediyasida shunday yoziladi: «Mutaassiblik - o‘z e'tqodining tug‘riligiga o‘ta qat'iy ishonish, boshqa diniy e'tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lish».

  1. Ekstremizm.Tojikistonlik ekspert K.Muxabbatovning fikricha, «Ekstremizm lotin tilidan olingan so‘z bo‘lib, keskin, qat'iy qarashlarga moyillik va ularni qo‘llab – quvvatlash ma'nosini anglatadi.

Tojikistonlik ekspert I.Abdirov aytadi: diniy ekstremizm-bu, dunyoni diniy fundamentalistik qarashlarga muvofiq; qaytadan qurishga harakat qilish va bu yulda keskin va so‘nggi choralarni qo‘llash tarafdori bo‘lishni bildiradi. Ekstremizm shubhasiz fundamentalizmdan o‘sib chiqadi.

  1. Terrorizm.Terrorizm - bu, muayyan maqsadni amalga oshirish maqsadida qurqitish, qurquvga, daxshatga solish usulidan foydalanish degani. Terroristik tashkilot deganda, ekstremizmdan farqli o‘laroq, asosan harbiy, qurolli, zo‘rovonlik yo‘lini tutgan tashkilot tushuniladi. Mutaxassislar fikricha, terrorizmda uch guruh ishtirok etadi:

Initsiatorlar, tashkilotchilar, ijrochilar.

Terrorizm g‘oya jixatdan diniy, milliy, davlat, siyosiy terrorizmga bo‘linadi. Masshtab jihatdan ichki, mintaqaviy va xalqaroga bo‘linadi.

Vosita jihatdan oddiy, yadroviy, ximiyaviy, biologik, axborot, iqtisodiy, mafkuraviylarga bo‘linadi. Shakl jihatdan portlatish, odam o‘ldirish, garovga olishga bo‘linadi. Tarkib jihatdan individual, gruppovoy, ommaviy bo‘ladi. Maqsad jihatdan ma'lum talablarni bajartirish, hokimiyatni egallash, obyektga imkon qadar zarar yetkazish kabilarga bo‘linadi.

Xayrullo domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 06/11/2021 07:18;   Ko‘rilganligi: 724
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/ekstremizm-va-terrorizmning-uzaro-boglikligi-fukarolarda-bu-illatlarga-karshi-mafkuraviy-immunitetni-shakllantirish
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 08:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing