Ekstremistik va terrorchi guruhlar o‘z harakatlarini “shar'iy” deb isbotlash uchun o‘zlarini “mujtahid” deb e'lon qilishi to‘g‘rimi? (5-maqola)
Darhaqiqat, hozirgi kunda jahonda ba'zi haraktlar tomonidan Islom dini haqida turli noto‘g‘ri fikrlar tarqatilayotgani, terrochilik kabi illatlarni ayni paytda bevosita Islomga bog‘lab, muborak dinimiz va musulmonlarga nisbatan nafrat o‘tini yoqishga urinayotgani yoki o‘zlarining manfur ishlarini amalga oshirishda “buyurtma” bo‘yicha chiqarilgan maxsus “fatvolar”dan faol foydalanayotgani hechkimga sir emas. Vaholanki, muqaddas dinimiz har qanday yovuzlikni inkor etishi Qur'oni Karim oyatlari, Hadislar, mashhur ulamolarning fikrlari orqali bayon etiladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib, Islomda ilm, ma'rifatli bo‘lishga, Yaratgan tomomnidan insonlarga berilgan ne'matlar haqida bilim orqali tadabbur qilishga targ‘ib qilingan. Shuning uchun ham, Alloh taolo tafakkur qilmaydigan, o‘zining kim ekanini anglab yetmaydigan, bugunning huzur-halovati bilan yashab, ertasi haqida qayg‘urmaydigan, ongsiz kimsalarni Qur'oni Karimda “... Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan “anglamaydilar”. Ularda ko‘zlar bor, (lekin) ular bilan “ko‘rmaydilar”. Ularada quloqlar bor, (lekin) ular bilan “eshitmaydilar”. Ana o‘shalar hayvonlar kabidirlar. Balki ular (yanada) adashaganroqdirlar. Aynan o‘shalar g‘ofillardir” (A'rof, 179), deb ta'riflaydi. Shuningdek, Hasan Basriy (rahimulloh) rivoyat qilgan Hadisda shunday deyiladi: “Insonlar ilm o‘rganib amalni tark qilganlarida, tillari ila sevishib, qalblari ila adovatda bo‘lsalar va silai rahimni uzsalar, Alloh ularni la'natlab, quloqlari kar va ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘yadi”. Darhaqiqat, Islom olamining e'tiborli ulamolari tomonidan mo‘tabar manbalar asosida berilayotgan fatvolar yoki raddiyalarni tan olmayotgan turli firqa va oqim tarafdorlarini ham yuqoridagi oyat va hadislarda keltirilgan kimsalarga qiyoslash mumkin.
Umuman olganda, Islom ilmsizlik va johillikni qoralaydi, ilm olish, jaholatdan ma'rifatni ustun qo‘yish kabi ezgu fazilatlarga buyiradi. Haqiqatda johillik yomon illat bo‘lib, johil insonlar barcha yomonliklarga hech qanday to‘siqsiz kirib ketaveradilar. Jaholat inson hayotini barbod qiladi, oxiratini kuydiradi. Ma'rifat esa inson qalbiga sayqal beradi, ma'naviy, ruhiy dunyosini go‘zallashtiradi, insonga shon-shuxrat keltiradi, ulug‘laydi. “Ma'rifat” so‘zi “bilim”, “Allohni tanish” kabi xislatlarni o‘ziga jamlaydi. Bunga zid ravishda ilmni diniy va dunyoviy turlarga taqsimlab, ayricha qarash inson ma'naviyatining yemirilishiga olib keladi. Bu fikr isboti uchun uzoq va yaqin o‘tmishimizda misollar ko‘p. Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, Imom Buxoriy, Abul Mo‘in Nasafiy kabi ulug‘ ajdodlarimiz garchi sobiq tuzum ularning diniy ilm sohiblari bo‘lganini yashirgan bo‘lsa-da, ular eng avvalo Islom dunyosining ardoqli olimlari, tom ma'nodagi ilm egalaridirlar. Qush ham yolig‘iz qanoti bilan parvoz qila olmagni kabi, inson ham bir yoqlamalik bilan komil va to‘liq bo‘laolmaydi. Shu jihatdan bir donishmandning: “Biz din bilan dunyoni, dunyo bilan dinni o‘rganamiz” degan gaplari biz uchun dasturilamal bo‘lmog‘i lozim. Anashunda biz har tomonlama, to‘la mukammal inson, ajdodlarimizga munosib farzand bo‘la olgan bo‘lamiz.
O‘MI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov tayyorladi
Kiritilgan vaqti: 15/07/2020 11:08; Ko‘rilganligi: 1091
Chop etilgan vaqti: 08/02/2025 02:00