O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

EKSTREMISTIK OQIMLARNING ZARARLARIDAN SAQLANAYLIK.

 
 

Diniy ekstremizm-jamiyat uchun an'anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidaviy ahkomlarni rad etish va ularga zid bo‘lan g‘oyalarni aldov va zo‘rlik bilan targ‘ib qilishdir. Markaziy Osiyoda diniy ekstremistlar mintaqa xalqlari uchun an'anaviy bo‘lgan hanafiy mazhabi va moturudiya aqidasini rad etib, musulmon-larga siyosiylashtirilgan g‘oyalarni singdirishga o‘rinmoqda. Ular “mavjud muammolar musulmon jamoalari islomiy tusini yo‘qotgani sababli mavjud, “kofir” hukumatlarni ag‘darib tashlash lozim”,kabi soxta diniy shiorlardan foydalanib siyosiy hokimiyatga intilmoqda.

Ma' lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda 500ga yaqin ekstremistik-terrorchi tashki-lotlari mavjud bo‘lib, ularning 80% islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatorida ISHID, “al-Qoida”, “Musulmon birodarlar”, “Hizbut-tahrir”, “al-Jihod- al-Islomiy”, at-Takfir val-Hijra, “Qurolli islomiy harakat” kabilarni kiritish mumkin.

Diniy ekstremistik va terrorchi tashkilotlar qatorida Ahmad ibn Taymiya, Muhammad ibn Abdulvahhob, Solih ibn Fuazan, Hasan al-Banno,Taqiyuddin Nabahoniy, Sayid Qutb, Abu Aliy Madudiy, Abdusalom Farog‘ni ko‘rsatish mumkin. Mazkur oqimlarni aqidalari mutlaqo xanafiy mazhabiga zid bo‘lib, ularni g‘oyalariga qo‘shilmagan musulmonlar va hukumatlar ham “kofir” sanaladi. Diniy ekstremistik tashkilotlarning asosiy faoliyat uslublari sifatida ekstremistik ruhdagi, shu jumladan, “jihod”, “shahidlik” g‘oyalari targ‘ib qilingan adabiyot, video va audio tasmalarni tarqatish va uning a'zolarini maxsus (radikal diniy tashviqot yuritish qo‘poruvchilik va h.k.) tayorgarlikdan o‘tkazish, o‘z tarafdorlarini davlat strukturalariga kiritishga urinish, yashirin “hujralarida” o‘qiyotganlarga mutaassib tushunchalarni singdirish, ayollardan iborat yacheykalarni kuchaytirish, ijtimoiy-siysiy holatni keskin qoralash, rasmiy diniy idora vakllarini obro‘sizlantirish, hamda bevosita terroristik aksiyalar o‘tkazishni ko‘rsatish mumkin.

Alloh Taolo Qur'oni karimda bayon qiladiki: Ey iymon keltirgan bandalar! Barchangiz tamomila tinchlik va toat yo‘liga kiringlar.(Baqara 208oyat).

“Moida” surasidagi ikkinchi oyatda “Ezgulik va taqvoda hamkorlik qilingiz, gunoh va adovatda hamkorlik qilmangiz”, deyiladi.

Islom hech qachon qanday tuzum bo‘lmasin, taraqqiyotga, inson aqli bilan erishilgan yutuqlarga qarshi chiqmagan. Muhammad (s.a.v.) “Kimda kim Islomda yaxshi bir ishni paydo qilsa, unga o‘sha ishning savobi va undan keyingi shu yo‘lda amal qilganlarning ham savobi kamaytirilmasdan beriladi. Va kimda kim bir yomon ishni paydo qilsa, unga o‘sha ishning gunohi va undan keyingi shu yo‘lda amal qilganlarning ham gunohi mutlaqo kamaytirilmasdan gunohi beriladi”, degan. Shuningdek, “Omma musulmonlar ma'qul ko‘rilgan ish Allohning ham nazdida ma'quldir”, degan hadis ham yuqoridagini quvvatlaydi.

Yaratgan Parvardigor barchamizni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin!

S.Melikov Samarqand tumani “Xo‘ja Ahrori Valiy” jome masjidi imom-noibi


Kiritilgan vaqti: 16/08/2023 15:51;   Ko‘rilganligi: 245
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/ekstremistik-oqimlarning-zararlaridan-saqlanaylik
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 14:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing