O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

DUNYONING YARATILISHI

 
 

Dunyo yaratilayotgan vaqtda osmon tutundan iborat bo‘lganligi Quroni karimning “Fussilat” surasidagi 9-11 oyatlaridan bilinadi. Hozirgi ulamolar dunyoning yaratilishi haqida turli fikrlarni ilgari surganlar. Jumladan, astronom olim ser Jeyms Jins shunday   deydi: “Borliq yaratilishidan avval undagi moddalar gazdan iborat bo‘lgan va shu gazlarning o‘zaro birikishi natijasida sayyoralar kelib chiqqan”.

Doktor Jamu esa:

“Dunyo vujudga kelayotgan vaqtda u tartibli tarqoq gazdan iborat bo‘lgan. Uning qalinligi va haqoratini tasavvur qilib bo‘lmaydi va shu gazda turli moddalarning aralashuvi natijasida atom parchalanishi vujudga keldi. Mana shu haddan tashqari issiq gazga qattiq bosimning tasiri natijasida borliq vujudga kela boshladi. Issiq harorat pasaydi, gazlarning harakatlanishi natijasida bulutlar vujudga kelib, ular yulduz va boshqa sayyoralar sifatida shakllanadi”, deydi.

Quroni Karimda borliqning tutundan yaratilgani aytiladi. O‘sha vaqtdagi arablarga mana shu so‘z (yani tutun) tanish bo‘lgan. Bizga zamondosh olimlar esa tutunni “gaz” deb ataganlar, xolos. Mohiyati bitta!

Yana savol tug‘iladi: ilm olmagan, o‘qish-yozishni o‘rganmagan Muhammad Payg‘ambar inson zoti anglab yetmagan haqiqatni qayerdan olib aytgan? Bu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan oyat Allohning so‘zi ekanligining isboti emasmi?!

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning “Quron va sunnatdagi ilmiy mo‘jizalar” kitobidan

Isroil domla Amirillayev – Paxtachi tumani bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 06/01/2022 17:12;   Ko‘rilganligi: 1834
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/dunyoning-yaratilishi
Chop etilgan vaqti: 28/04/2024 08:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing