O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Dunyoga kelishga hozirlanayotgan chaqaloq Tangri taolodan so‘radi!

 
 

Rivoyat qilishlaricha, dunyoga kelishga hozirlanayotgan chaqaloq Tangri taolodan so‘radi: Ey Allohim, meni dunyoga keltirishing haqida aytishdi. Ammo u yerda qanday yashayman, hali juda kichik va kuchsiz bo‘lsam?

 Qo‘rqma, degan javob bo‘ldi unga, farishtalarimdan biri hamisha oldingda bo‘ladi, u seni yaxshi ko‘radi, asrab-avaylaydi. Uning kuchli muhabbatini doimo his qilib turasan va bu bilan baxtli bo‘lasan. Lekin insonlar menga gapirishsa, ularni qanday tushunaman, axir, tillarini bilmayman-ku?

Yoningdagi farishtang senga dunyodagi eng go‘zal va yoqimli so‘zlarni sabr-toqat, muhabbat ila o‘rgatadi. Agar sen bilan gaplashishni istasam-chi, unda nima qilaman? – Farishtang seni qo‘llaringni ochib, menga duo qilishga o‘rgatadi. Ammo dunyoda yomon insonlar ham bor deb eshitdim, ularning yomonligidan meni kim qutqaradi? Farishtang to yoningda ekan, har doim seni ulardan asrashga intiladi. Hammasi yaxshi-ku faqat seni ko‘ra olmasligimdan mahzunman. G‘am yema, farishtang senga men haqimda gapirib beradi va menga yetishish yo‘llarini o‘rgatadi. Chaqaloq yorug‘ dunyoga ketishga chog‘lanarkan, qalbidagi eng so‘nggi savolga ham javob olishga intildi: Allohim, farishtamning ismi nima? Farishtang ismini bilishing shart emas, sen uni "Onajon" deb chaqirasan. 

 Jahongirxon Abrorov - O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot kotibi (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 06/02/2020 19:16;   Ko‘rilganligi: 972
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/dunyoga-kelishga-hozirlanayotgan-chaqaloq-tangri-taolodan-soradi
Chop etilgan vaqti: 05/05/2024 00:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing