O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

"Dorulislom" va “dorulkufr" tushunchalari

 
 

“Dorulislom” va “Dorulkufr” atamalari Islomning avvalida emas balki, keyinchalik paydo bo‘lgan fiqhiy istilohlardan hisoblanib, taxminan hijriy birinchi asrda Abu Hanifa rahmatullohi alayh davrlarida paydo bo‘lgan.

"Dorulislom"lug‘atda"islomdiyori"degan ma'noni anglatadi. Istilohda esa, "islom arkonlari amalda bo‘lgan hududga nisbatan qullaniladi".

"Dorul harb" yoki "dorul kufr" tushunchalari o‘tmishda "urush diyori", "kufr diyori" mazmunini bildirib, islom arkonlarini bajarishga umuman yo‘l qo‘yilmaydigan hududga nisbatan qullanilgan.

Abdulqodir Avda aytadi: "Dorul islom - islom arkonlari amalda bo‘lgan yoki unda yashovchi musulmonlar islom arkonlarini bajarishlariga monelik bo‘lmagan hududdir".

Imom Alouddin Kosoniy "Badoye'ussanoye'"da: "Kufr diyorida, namoz o‘qish ro‘za tutish kabi islom ahkomlariga amal qilinishi bilan u islom diyoriga aylanadi", deb ta'kidlangan.

Muhammad Abu Zahra bunday deydi: "Ba'zi kishilar kabi shariat ahkomlari joriy qilinmaganini hisobga olgan holda, bu hudud "dorul islom", boshqasi "dorul kufr" deb ayta olmaymiz. Hozir Mag‘ribdan to Mashriqqacha joylashgan davlatlarda shariat ahkomlari tatbiq qilinmasa ham, barchasi "dorul islom" hukmidadir[1], Chunki u joylarda yashayotgan musulmonlar omonlikda hayot kechirishyapti va ularning diniga hech qanday xavf yo‘qdir".

 

Bobobek Abdurahimov, Samarqand shahar Qoraboy Oqsoqol jome masjidi imom-xatibi

[1] Diniy bag‘rikenglik va mutaassiblik (yuz savolga-yuz javob). Mas'ul muharrir O.Yusupov. – Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2013. –B.156.


Kiritilgan vaqti: 25/01/2023 10:46;   Ko‘rilganligi: 236
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/dorulislom-va-dorulkufr-tushunchalari
Chop etilgan vaqti: 16/04/2024 20:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing