O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Diniy konfessiyalar millatlararo va dinlararo totuvlik namunasi

 
 

Serquyosh ona diyorimizda vijdon erkinligi kafolatlangan. Konstitututsiyamizning 31-moddasida “Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” deb qat'iy belgilab qo‘yilgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda o‘n oltita diniy konfessiyalar emin-erkin faoliyat olib borayotganligi bizda vijdon erkinligi konistitutsiya va amaldagi qonunlarda belgilab qo‘yilganligi sharofatidir. Aslini olganda, bizning zaminda qadim zamonlardan buyon musulmonlar, nasroniylar, buddaviylar va boshqa din vakillari yonma-yon yashab kelishgan. Asrlar maboynida axoli gavjum yirik shaxarlarda masjid, cherkov, sinagog singari ibodatxonalar mavjud bo‘lgan. Qolaversa, xozirda xam turli dinga mansub kishilar o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelishayabdi. Yuqorida takidlaganimizdek, yurtimizda barcha dinlarga, barcha e'tiqod egalariga qonuniy asosda keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Buni mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat, turli diniy e'tiqodga ega bo‘lgan fuqorolar bir mushtarak maqsad yo‘lida faoliyat olib borayotganliklari, tinch totuv va xam jixatlikda xayot kechirayotganliklaridan xam bilish mumkin. Din diniy dunyo qarashni, diniy urf odat va marosimlarni, diniy muassasa xamda tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, o‘rta asrlarda din madaniyatining barcha turlarini, xususan falsafa, xuquq, axloq kabi soxalarni o‘zida mujassamlashtirgan xamda ularga o‘z ta'sirini o‘tkazgan.

Milliy qadriyatlarimizning asrlar osha bezavol yashab kelayotganligi dinning sharofatidir.O‘zbekistondagi barcha din va diniy tashkilotlar mustaqil xuquqiy shaxs sifatida qator imkoniyatlarga ega.

Otabek Toshbekov Narpay  tumani Naqshbandiy jome masjidi xodimi


Kiritilgan vaqti: 27/08/2020 16:07;   Ko‘rilganligi: 1911
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/diniy-konfessiyalar-millatlararo-va-dinlararo-totuvlik-namunasi
Chop etilgan vaqti: 06/12/2025 10:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing