O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

DINIMIZDA SHUMLANISHDAN QAYTARILGAN

 
 

Abu Hurayraroziyallohu anhu rivoyatqiladilar. Rasululloh sollallohu alayhivasallam: «Kasalllik yuqmaydi (hech bir kasallik Allohning irodasisiz o‘zicha yuqmaydi), irim-sirim bema'nilik, boyqush baxtsizlik keltirmaydi va safar (oyi) bexosiyat emas», dedilar.

Mo‘min kishi Islomni haq din deb e'tiqod qilar ekan, keladigan har qanday zarar ham, foyda ham Allohdan deb bilmog‘i lozim.

Safar oyida va ikki hayitda to‘y qilib bo‘lmaydi deb shumlanuvchilar juda ko‘p. Ular bu vaqtlarda to‘y qilib bo‘lmaydi, deydilar. Xayrli ishni kechiktirib bo‘lmaydi. Alloh qachon qodir qilsa, qaysi oy yoki qaysi kun bo‘lishini ahamiyati yo‘q. Mana shunday shumlanishlar sabab, yoshlarni oila qurishining kechikishi, o‘rtada turli kelishmovchiliklar yuzaga kelishi va turli fitnalar paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday xayrli ishni tezda amalga oshirmoq lozim.

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam “Ey Ali, uch narsani kechiktirma. Vaqti kirgan namozni, hozir bo‘lgan janozani va tengi chiqqan ayolni” dedilar.

Ba'zilar boyqush baxtsizlik keltiradi, deyishadi. U haqda xalq ichida turli to‘qima afsonalar yuradi. Bu gumrohlikdir. Chunki u ham bir qush. O‘lja axtarib har qanday xonadonga qo‘nishi mumkin. Boyqush tun qushi va kechasi ov qiladi. Uni kechasi kelib sayrashi yoki daraxtlarga qo‘nishi oddiy xoldir.

Shumlanish johiliyat odatidir. Bugungi kunda ham bu odatlar saqlanib qolgan. Darvozalarning tepasiga taqa, isiriq yoki eski kalish osib qo‘yish, bolalarga ko‘zmunchoq taqib qo‘yish va shu kabi narsalardan foydalanish johiliyat odatlaridir. Bu narsalarni Allohga vosita qilishlik shirkdir. Johiliyatda ham odamlar but va sanamlarni yagona iloh deb bilishmasdi. But va sanamlarimiz orqali biz Allohga bog‘lanamiz deyishar edi. Hozirda xalqimiz ichida yurgan irim-sirimlar o‘sha johiliyat qoldiqlaridir.

Shunday ekan, har birimizshumlanishdan saqlanmog‘imiz, ishlarini natijasini Allohdan deb bilmog‘imiz lozim. Ishlarni barchasi Allohning Irodasiga bog‘liq ekanligiga e'tiqod qilmog‘imiz zarur.

Allohim barchamizni turli shumlanishlardan panohida asrasin.

S.Ravshanov Narpay tumani “Tepa” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 15/11/2023 14:42;   Ko‘rilganligi: 687
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/dinimizda-shumlanishdan-qaytarilgan
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 04:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing