O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

CHAQIMCHILIK YOMON ILLAT!

 
 

Alloh taolo bashariyatni yaratar ekan uning uchun nima foydali-yu nima zarar ekanligini belgilab beradi. Bashariyatni ichida Rasullarni chiqarib, qonun qoidalarni yetkazdi va marhamat qilib aytdiki: "Sizga Rasul nima bersa, oling va Sizni u zot nimadan qaytarsa, qayting". Insoniyat qilishi kerak bo‘lgan amallar kabi qaytishi, tiyilishi kerak bo‘lgan amallar ham bor. Ana shunday amallardan insoniyat qaytishi, tiyilishi kerak bo‘lgan amallardan hisoblangan, oilalarni, jamiyatni buzib, parchalab yuboradigan amallardan biri chaqimchilikdir.

Xasan Basriy rahmatullohi alayh: "Kim senga chaqimchilik qilsa, sening haqingda ham chaqimchilik qiladi" dedilar.

Imom Zahabiy rahmatullohi alayh: "Chaqimchilik gunohi kabiradir" deganlar. Uning haromligiga ulamolar ijmo' qilishgan. Chaqimchilik tarqalgan jamiyatda birlik, hamkorlik qolmaydi jamiyat parokandalikka yuz tutadi, yurt vayron bo‘ladi. Bu esa o‘ta xatarlidir.

Abdulloh roziallohi anhudan rivoyat qilinadi: Muhammad sallolloxu alayhi vassalam: "Parchalash nimaligini sizga aytib beraymi? - Odamlar orasida "Dedi-dedi" lab chaqimchilik qilishdir". - dedilar.

Albatta Rasullulloh sallolloxu alayhi vassalamning nasihatlari  hamma zamonda ham o‘z isbotini topgan, insoniyat uchun koni foydadur.

Alloh taolo marhamat qiladi: "Itoat qilma! Har bir qasamxo‘r, pastkashga kishilarni ayblovchi, chaqimchilik qilib yuruvchiga yaxshilikni ma'n qiluvchi, tajovuzkor, o‘ta gunoh qiluvchiga" degan. (Qalam surasi 10-12 oyat). Shunday ekan bu illatdan ehtiyot bo‘laylik jamiyatni rivoji uchun oilalarni baxti uchun eng asosiysi Alloh taoloning rizosi uchun ehtiyot bo‘laylik. Tartib intizom bilan hayot kechiraylik.          Abu Hurayra roziallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sallollohu alayhi vassalam: "Mo‘min mo‘minning oynasidir. Mo‘min mo‘minning birodaridir. Uning zoye bo‘lgan narsasini topib beradi va uning ortidan berkitib turadi" - dedilar.

Ha albatta, mo‘min kishi shunday qiladi. Boshqalarga ana shunday o‘rnak bo‘ladi.

N.Yuldoshev Jomboy tumani - "Islom nuri" jome' masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 22/07/2020 11:00;   Ko‘rilganligi: 2581
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/chaqimchilik-yomon-illat
Chop etilgan vaqti: 06/10/2024 19:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing