O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Buyuk imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhining ta'vili

 
 

Imomimiz, peshvomiz, faqihlar imomi va imomlar faqihi janobimiz Abu Hanifa No‘mon — Alloh taolo u zotdan rozi bo‘lsin! Darajalarini oliy martabalarga ko‘tarsin! Mursalinlar sayyidi sollallohu alayhi vasallamning bayroqlari ostida birgalikda jamlasin! — «Fiqhul akbar» asarlarida aytadilar:

«Alloh taologa bo‘lgan yaqinlik va uzoqlik masofaning uzun va qisqa bo‘lishi ko‘rinishida emas. Biroq, ikrom qilishi va hor qilishi ma'nosidadir».

Bu Imomi A'zam tomonlaridan qilingan tafsiliy ta'vil bo‘lib, yaqinlik deganda zotiy yaqinlik emas, balki daraja yaqinligi tushuniladi. Chunki, zotiy yaqinlik jismga ega zotlar tomonidan sodir bo‘lib, unga nisbatan yaqin yoki uzoq bo‘lish masofa muqobilida bo‘ladi. Bu ko‘rinish Alloh subhanahu va taolo haqida muholdir!

«Rof'ul g‘oshiya 'anil majozi vat ta'vil» kitobidan 88-B, Shayx Nizol Ibrohim Ola-Roshiy hafizahulloh

Xayrullo domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 18/05/2022 15:42;   Ko‘rilganligi: 311
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/buyuk-imom-abu-hanifa-rahmatullohi-alayhining-tavili
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 19:13
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing