Bosh kiyim kiyish milliy va diniy qadriyatimizdir
Bosh kiyim har bir millatda, har bir elatda ziynat hisoblangan. Ilgarilari ko‘chaga bosh kiyimsiz chiqilmagan, to‘yga borilsa albatta bosh kiyim kiyilgan.
Nafaqat to‘yga, balki har qanday e'tiborli joyga ibodat va ziyoratlarga ham bosh kiyim kiyib borish bizning madaniyatimiz bo‘lgan. Hatto bosh kiyim bilan namoz o‘qish mustahab sanaladigan amallardandir, bosh kiyimsiz namoz o‘qish esa bizning mazhabimizda makruh hisoblanadi. Shuningdek, qabristonlarni ziyorat qilish chog‘ida ham hech bir kishini bosh kiyimsiz bu ishni amalga oshirganini ko‘rish mushkul. Aynan qabristonga kelish chog‘ida aksar kishilar boshiga kiyim kiyishga intilishadi. Qabrlarni ziyorat qilish odoblarida ham tilovat va duo chog‘ida bosh kiyimlar yechilishi haqida diniy manbalarimizda ko‘rsatmalar yo‘q. Aslida ziyorat chog‘ida bosh kiyimda bo‘lish yoki bo‘lmaslik ahamiyatli masala hisoblanmaydi.
Abdulloh Raxmonov,
Oqdaryo tumani "Chovka" jome masjidi
imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 10/04/2022 15:59; Ko‘rilganligi: 1790
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 04:55