O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Bizga yetib kelgan ma'lumot haqida mulohaza yuritishimiz, shubhali tuyulgan axborotlardan uzoq turishimiz muhimdir

 
 

Kunimizni internetsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Har bir ishimizda internetga murojaat qilamiz. Biror muammoga duch kelsak ham, kundalik yumushlarimizda savol tug‘ilsa ham ana shu tarmoqlardan axtaramiz. Internet shunaqa narsaki, u xuddi ochiq darvozaga o‘xshaydi. Undan har qanday axborot oqimi selday kirib kelaveradi. O‘z vaqtini, imkoniyatlarini faqat internet uchun sarflayotgan yoshlar esa nafaqat vaqtini bekor o‘tkazadilar, balki yovuzlik to‘riga ilinib qolishlari mumkin.

Ayniqsa, ekstremistik oqim vakillari uchun internetning ochiq darvozasi juda qo‘l kelmoqda. Sababi, hozirda ekstremistik, terrorchi tashkilotlar zamonaviy kompyuter va internet texnologiyalari imkoniyatlaridan faol foydalanmoqda. Aksariyat hollarda buzg‘unchi oqimlar, yoshlarga muammolariga yordam berishni va'da qilish yoki dinni o‘rgataman, degan mazmundagi va'dalarga ishontirish bilan o‘ziga e'tiborni jalb etadi. Tabiiyki, qiziqqon va intiluvchan yoshlar qanday yomon yo‘lga kirib qolganini o‘zi ham anglay olmay qoladi. Ana shunday achinarli vaziyatga duch kelmaslik uchun avvalo har bir o‘g‘il, qiz ilmli bo‘lishga intilishi lozim. Unga yetib kelgan ma'lumot haqida mulohaza yuritishi, shubhali tuyulgan axborotlardan uzoq turishi muhim sanaladi.

Qolaversa, din ilmini o‘rganishni niyat qilgan yoshlar uchun yurtimizda madrasalar, institut va universitet faoliyat yuritmoqda.

Ibragimov Husniddin
Urgut tumani "Chubin" jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 08/08/2023 10:36;   Ko‘rilganligi: 157
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/bizga-etib-kelgan-malumot-haqida-mulohaza-yuritishimiz-shubhali-tuyulgan-axborotlardan-uzoq-turishimiz-muhimdir
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 23:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing