O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

BIR OYAT SHARHI (Zumar surasi 9-oyat)

 
 

قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَالَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُولُو الْأَلْبَابِ

 «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʼlarmidi?!» – deb ayt. Albatta, aql egalarigina eslarlar. (Zumar surasi 9-oyat)

Malumki, insoniyat dunyo va oxirati obod bo‘lishi, ilm olishligi va unga amal qilishligi bilan bog‘liqdir. Alloh Taolo bir qancha oyatlarida ilmga targ‘ib qiladi va yana Payg‘ambarimiz solollohu va alayhi vassalam ham o‘z hadislarida ilm olishlikka targ‘ib qilganlar. Odam alayhissalomga farishtalarning sajda (ta'zim) qilishi ham aynan ilm sababidandir. Alloh Taolo o‘zining oyati karimasida ilmli kishini ilmsiz kishidan ustunligini takidlab shunday deydi: “Ayting: “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘lurmi?!” Darhaqiqat, faqat aql egalarigina yeslatma olurlar” (Zumar surasi 9-oyat) deb marhamat qilgan.

Payg‘ambarimiz solollohu va alayhi vassalam ham o‘z hadislarida ilmli kishini ilmsiz kishidan afzal bilganlar. Abu Amoma Al Bohiliydan rivoyat qilingan hadisda Rosullulloh solollohu va alayhi vassalamga ikki kishi haqida gapirishdi ularning biri obid (ibodatgo‘y kishi), ikkinchisi yesa olim yedi. Shunda Rosullulloh sollollohu va alayhi vasallam: “Olimning obiddan ortiqligi xuddi mening sizlardan yeng quyi darajadagi kishidan ortiqligimga o‘xshaydi”,-dedilar. (Termiziy rivoyati) Yana bir hadislarida Payg‘ambarimiz: “ Ilm olishlik har bir musulmon va muslimaga farzdir”,- deganlar. Ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi oyat va hadislardan ilmli kishi ilmsiz kishidan ustun va afzal ekanligi.

Jismimizning har kuni ozuqa talab qilganidek, ruhimiz ham ozuqa talab yetadi. Ruhning ozuqasi bu ilimdir. Bejizga Rosullulloh solollohu va alayhi vassalam: “Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir“,- demaganlar. Dinimizda ilm olishlik farzi-ayn hisoblanadi. Yani kishi dunyo va oxirati uchun lozim bo‘lgan ilmlarni o‘rganmasa gunohkor bo‘ladi. Tarixdan bizga ma'lumki, qaysi bir mamlakatda ilmga va ilm olishlik rivojlangan bo‘lsa o‘sha mamlakat taraqqiy topgan. Ilm-fan bor ekan bu dunyo ham taraqqiy topib rivojlanadi. Ilm bo‘lmasa insoniyat jaholat botqog‘iga tushib qoladi. Bizning diyorimizda ham ilm olishlikka bo‘lgan targ‘ib tarixda va hozirda ham juda kuchli bo‘lgan. Misol uchun o‘rta asrlarda yashab o‘tgan olimlarimizdan: Beruniy, Ibn Sino, Al Xorazmiy, Imom Al- Buxoriy va Navoiy kabi ajdodlarimiz bunga yaqqol dalildir. Bizning ajdodlarimiz Yevropa Renessansi (uyg‘onish davri)ga turtki bo‘lgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunga misollar keragidan ortiqdir. Xususan, hozirgi kunimizda ham ilm olishlikka bir qancha shart-sharoitlar yaratib qo‘yilgan. Yoshlarimiz bu imkoniyatlardan unumli foydalanib o‘tgan ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lishlikka harakat qilmoqda. Payg‘ambarimiz solollohu va alayhi vassalam muborak bir hadisi shariflarida: “ Ilmni, garchi Chin (Xitoy)da bolsa ham talab qilinglar”,-deganidek, ayni damda mamlakatimiz yoshlariga chet elga borib talim olish imkoniyati ham mavjud. Bugungi kunimizda ustozlarimiz ilmidan unumli foydalangan yoshlarimiz yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishmoqda. Umid qilamizki, kelajakda farzandlarimiz orasidan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ibn Sino, Al Xorazmiy kabi yetuk olimlar yetishib chiqadi degan umiddamiz. Buning uchun har birimiz mas'ulmiz. Ana shu masuliyatni chuqur his qilgan holda o‘zimiz hamda farzandlarimiz ilm olishlikdan bardavom bo‘lishligimiz lozim.

Alloh Taolo ushbu yo‘ldagi mashaqqatlarni yengib o‘tishligimizga muvaffaq aylasin!

Majidxonov Mo‘saxon Oqdaryo tumani “Chovka” jome masjidi imom-noibi


Kiritilgan vaqti: 23/11/2023 09:02;   Ko‘rilganligi: 497
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/bir-oyat-sharhi-zumar-surasi-9-oyat
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 12:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing