O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

BILSALAR EDI, BUNDAY QILMASDILAR...

 
 

Farzandidan g‘azablangan, urgan ota-onalarni ko‘rganimda Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning shu so‘zlarini eslayman:

"BILSALAR EDI, BUNDAY QILMASDILAR..."

Bilsalar edi, bolalarining jismi onalarni tashlab ketmasa-da, qalban ularni tark etishlari va hech qachon qaytmasliklarini...

Bilsalar edi, singan buyumlar, betartib uylar, kirlangan kiyimlarning chorasi osongina topilar ekan, singan ko‘ngillar, uzilgan rishtalar, kirlangan niyatlar osongina o‘z holiga qaytmasligini...

Bilasalar edi, bola tug‘ish bu bolaning egasi ma'nosida EMASLIGI va har bir insonning haqiqiy EGAsi Alloh azza va jaalaligi va U omonatiga qanday muomalada bo‘lingani hisobini so‘rashini...

Bilsalar edi, kamsitilgan, ezilgan, xo‘rlangan, masxara qilingan bolalarning shaxsiyati, qadr-qiymati, g‘ururi ham ozor ko‘rishini...

Bilsalar edi, zo‘rovonlik va zug‘um ostida o‘sgan bola zo‘ravon va zolim bo‘lib yetishishini, bolalikda yurakka tushgan nafrat urug‘i butun boshli jamiyatni barbod qilishini...

Oh bir bilsalar edi...

Koshki bilsalar edi...

Sen bilding, ALLOHNING OMONATINI MEHR VA EHTIROM BILAN ASRAB-AVAYLAGIN...

Temirov Hasan


Kiritilgan vaqti: 30/09/2022 16:38;   Ko‘rilganligi: 672
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/bilsalar-edi-bunday-qilmasdilar
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 07:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing